Nuqsonli tovar sotilganda va ishni bajarish, xizmat ko'rsatishdagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste'molchining huquqlari

Nuqsonli tovar sotilganda va ishni bajarish, xizmat ko'rsatishdagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste'molchining huquqlari

O'quvchilarga / Huquq
Nuqsonli tovar sotilganda va ishni bajarish, xizmat ko'rsatishdagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste'molchining huquqlari - rasmi

Material tavsifi

Nuqsonli tovar sotilganda va ishni bajarish, xizmat ko'rsatishdagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste'molchining huquqlari Reja: iste'molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari Ishni bajarish, bajarish, xizmat ko'rsatishdagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste'molchining huquqlari iste'molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari Nuqsonli tovar sotilgan iste'molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o'tilmagan bo'lsa, o'z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli: tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib berish; tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish; tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki iste'molchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash; xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish; shartnomani bekor qilib, ko'rilgan zararni qoplash. Agar nuqsonlar: tovarning kafolat muddati yoxud yaroqlilik muddati mobaynida; kafolat muddati va yaroqlilik muddati belgilanmagan tovarlar bo'yicha olti oy mobaynida; ko'chmas mulk iste'molchiga o'tkazilgan kundan etiboran ikki yil mobaynida, agar shartnomada bundan uzoqroq muddat nazarda tutilmagan bo'lsa; mavsumiy tovarlar uchun O'zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan muddat mobaynida aniqlangan bo'lsa, iste'molchi mazkur huquqlarni ro'yobga chiqarishi mumkin. iste'molchi o'ziga sotilgan, to'plamlar, garniturlar, komplektlar va komplekslarning mustaqil tarkibiy qismi bo'lgan va mustaqil nafga ega bo'lgan buyumlarda nuqsonlar borligini aniqlagan taqdirda, butun to'plamlar, garnitur, komplekt va kompleksga nisbatan ham, ularning nuqsonlari bor mustaqil tarkibiy qismlariga nisbatan ham ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni qo'yishga haqlidir. Ushbu moddaning birinchi qismida bayon etilgan talablarni iste'molchi sotuvchiga qo'yadi. iste'molchining talablari u kassa yoki tovar chekini, kafolat muddati belgilangan tovarlar bo'yicha esa, tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki uning o'rnini bosuvchi boshqa hujjatni taqdim etgan taqdirda ko'rib chiqiladi. iste'molchi texnik pasportni yo'qotib qo'ygan taqdirda, uni qayta tiklash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Tovarda aniqlangan nuqsonlar ishlab chiqaruvchi tomonidan bartaraf etiladi. Ishlab chiqaruvchi bilan sotuvchining o'zaro munosabatlari shartnoma bilan tartibga solinadi. Mazkur qonunning normalari bir-biri bilan shunchalik ichki mantiqiy bog'lanish hosil qilganki, ularning har birini ikkinchisidan ayro tasavvur qilib bo'lmaydi. Ular bir-birini to'ldirishga xizmat qiladi. iste'molchi tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) uni ayni shunday markali (modeli, artikulli) tovarga etti kunlik muddatda, tovar sifatini qo'shimcha ravishda tekshirish zarur bo'lganida esa, iste'molchi talab qo'ygan paytdan etiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart. Ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar bo'lmagan taqdirda, iste'molchining almashtirib berish xususidagi talabi davo qilingan paytdan etiboran bir oy ichida qondirilishi kerak. Cho'l va olis joylarda, tovarlar vaqti-vaqti bilan olib boriladigan joylarda iste'molchining bunday talabi ushbu joylarga navbatdagi tovar yetkazib berish uchun ketadigan muddat ichida, lekin ikki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.86 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.86 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga