Nutq - muomala vositasi sifatida

Nutq - muomala vositasi sifatida

O'quvchilarga / Huquq
Nutq - muomala vositasi sifatida - rasmi

Material tavsifi

Nutq-muomala vositasi sifatida Reja: 1. Nugq to'g'risida umumiy tushuncha 2. Nutq faoliyati haqida 3. Nutq vujudga kelishining nazariyalari 4. Nutq turlarining psixologik tavsifi Insoniyat taraqqiyoti tarixida til tufayli aks ettirishning imkoniyatlari qayta quriladi, olam odam miyasida yanada aniq, rav-shan in'ikos ettiriladigan bo'ladi. Tilning paydo bo'lish munosa-bati bilan har bir alohida shaxs jamiyatining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida, jarayonida to'plagan tajribalaridan foydalanish im-koniyati tug'iladi. Til yordami bilan har bir inson shaxsan o'zi hech qachon duch kelmagan notanish hodisalar, holatlar, vaziyatlar, sharo-itlar yuzasidan bilim olishga erishadi. Xuddi shu boisda til odamga ko'pchilik hissiy va intellektual ta'sirlar hamda taassurotlar to'g'ri-sida o'ziga o'zi hisobot berish imkoniyatini yaratadi. Inson til yordami bilan boshqa odamlarga o'tmish, hozirgi zamon va kelajakka zid nar-salar, voqelik yuzasidan axborot, xabar, ma'lumot berishi ularga ijtimoiy tajriba mohiyati, ko'nikma hamda malakalarni o'tkazishi, uzatishi mumkin. Ma'lumki, hayvonlar, jonivorlar o'zlarining individual taj-ribalarini o'z turkumidagi boshqa namoyandalarga o'tkazishga yoki be-rishga mutlaqo qobil emaslar. Ular, ayniqsa, o'z turkumlaridagi av-lodning ilgarigi tajribalarini o'zlashtirish qobiliyatiga ega emas-lar, chunki mavjudotlar tug'ma irsiy belgilarga, instinktlarga va shartsiz reflekslarga asoslanadilar, xolos. Biosfera va neosfera to'g'risidagi ma'lumotlar, qonuniyatlar, harakatlantiruvchi kuchlarni bilish va egallashda qisqa ijtimoiy-tarixiy davr oralig'ida g'oyat ulkan yutuqparga erishuvchi insonning hayvonot olamidan muhim farqi shundan iboratki, birinchidan, odam-ning shaxsiy individual tajribasi umuminsoniy tajriba bilan uzviy uyg'unlikka ega, ikkinchidan, tajriba mahsulotlari muayyan darajada sakdanadi, uchinchidan, mazkur tajribalar takomillashib, modifikatsiyalashib boradi, to'rtinchidan, ularning mohiyati, tuzi-lishi qo'lyozmalarda o'z aksini topadi. Odamdagi shaxsiy individual tajribaning umuminsoniy tajri-ba bilan bog'likdigi kishilarda tilning mavjudligi bilan izoxda-nadi. Til oddiy qilib tushuntirilganda so'z va belgilar sistemasi hamda majmuasidan iboratdir. Inson tomonidan u yoki bu faoliyat-ning bajarilishi belgilar, alomatlar xususiyatlari bilan bog'liq bo'lib, uning mahsuldorligi, muvaffaqiyati til tarkiblarining ahamiyatiga bevosita aloqadordir. Masalan, haydovchi uchun ko'cha qoida-lari, matematik uchun formulalar, operator uchun signallar (semiotika - zeta yunoncha «belgi») belgilar, simvollar, alomatlar vazi-fasini bajarib, faoliyat uchun regulyator sifatida xizmat qiladi. Shuning uchun belgilar va ularning ahamiyati insonning yuksak psixik funksiyalari (ya'ni idrok, xotira, tafakkur, xayol)ning vo-sitasidir. Odatda, belgilar turli-tuman bo'lishidan qat'i nazar, ularning eng muhimi - bu so'zdir. Har bir so'z ma'lumot, xabar, axborot vazifasini bajaradi va muayyan mazmunni o'zida aks ettiradi (masa-lan: mashg'ulot, daftar, yomg'ir va boshqalar). Tilning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: a) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, berish va o'zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi (avlodlar ota-onalar, o'qituvchilar va murabbiylar); b) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti-harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo'ladi (masalan: «Leksiya bo'lmaydi», «Bugun bayram» - ta'sir qilishdan, ta'sir o'tkazishdan iboratdir); v) tilning muhim funksiyalaridan yana ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.01 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.01 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga