Nutq madaniyati va huquq. Yuristning nutq madaniyati fanining maqsad va vazifalari Reja: Nutq madaniyati tushunchasi. Nutq madaniyati - sifat hamda nutq sifati haqidagi fan. Huquq va til, huquq va nutq hamda ularning o'zaro bog'liqligi, munosabatlari, faoliyat shakllari. Til va nutq. Tilning nutqda istemolga kirishi. Til va nutq yuristning tafakkur yuritish quroli. Nutq va uning turlari. Og'zaki nutq, uning xususiyatlari. Og'zaki nutqning yurist faoliyatidagi o'rni va ahamiyati. Nutq madaniyati predmeti. O'quv, kasbiy faoliyat va shaxsiy muloqotda nutq madaniyatining ahamiyati. Yuristning nutq madaniyati. Tayanch so'z va iboralar: huquq va til, nutq va huquq, nutq madaniyati, nutq madaniyati va huquq, yuristning nutq madaniyati, nutqiy chechanlik, til vositalari, til - vosita, nutq - faoliyat, til birliklari, huquq madaniyati va nutq madaniyati, davlat tili, huquq - mazmun, til - shakl. Xalqimiz farovonligi maqsadida davlatchilik va qonunchilik yanada rivojlanib borayotgan bir paytda «Yuristning nutq madaniyati» fanining o'qitilishi zarurligini isbotlab o'tirishning o'zi ortiqchadir. Yani nutq madniyatini egallash, madaniy gapirishga intilish, fikr mahsulini matnga to'laqonli tushira olish mahorati barcha kasb egalarining, shuningdek, bo'lajak yuristlarning ham ishi va orzusi bo'lmog'i lozim. Bu shubhasiz, bundan tashqari, hozirgi kunda nutq madaniyati muammosini kun tartibiga hayotning o'zi qo'ymoqdaki, kishilik jamiyatining madaniy-ma'rifiyligini busiz tasavvur qilish qiyin. Shu sababli nutq madaniyati, qonuniy «nutq ehtiyoji» hayotiy talabga aylanishi aniq. Yana shuni alohida takidlash joizki, nutq madaniyati mustaqillik tufayli vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat, madaniy-ma'naviy turmush talab etayotgan hayotiy hodisa hamdir. Qolaversa, milliy huquqshunoslik maktabini yaratish, huquq madaniyatini targ'ib qilish va yoshlar ongiga singdirish, ularni milliy mafkura g'oyalari bilan qurollantirish, huquqiy demokratik jamiyat qurish bevosita bo'lg'usi yurist-kadrlarning savodxonligiga bog'liq bo'lishi tabiiydir. Shunday ekan, bo'lg'usi yuristlarning ixtisoslikka oid barcha fanlar qatorida «Yuristning nutq madaniyati» fanini ham zarur darajada o'rganishini taqozo etadi. Til yoxud nutq yuristning tafakkur yuritish, fikr bayon qilish qurolidir. Shuning uchun ham «Yuristning nutq madaniyati» fanini bo'lg'usi yuristlar chuqur va atroflicha o'rganishlari davr talabidir. Yuristning nutq madaniyati fani yuridik oliy o'quv yurtlarining o'quv rejasidan o'rin olgan bo'lib, bo'lajak yuristlarning muomala odobi, tilni his etish didini tarbiyalash kabi buyuk g'oyani o'z oldiga bosh maqsad qilib qo'yadi va quyidagi vazifalarni belgilaydi: 1. Talabalarni yuristning nutq madaniyati asosiy tushunchalari, maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish. 2. Professional yuridik nutqda til vositalaridan maqsadga muvofiq foydalanishga o'rgatish. 3. Talabalarning yuridik yozma nutqlarini shakllantirish va takomilashtirish. 4. Talabalarning yuridik og'zaki nutqlarini takomilashtirish. 5. Yuridik terminlarning o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish. 6. Yuridik terminlar oldiga qo'yilgan talab va mezonlar to'g'risida ko'nikmalar hosil qilish. 7. Yuridik til va adabiy til me'yorlari haqida ma'lumot berish hamda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.35 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.35 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:39 ]
Arxiv ichida: doc