Nutq madaniyati va tilning tasviriy vositalari Reja: Tasviriy ifodalar − nutq bezagi Maqol va iboralar − nutq ko'rki So'z manolarining ko'chishi−nutqning ta'sirchanligini oshiruvchi vosita sifatida Sinonimlarning nutqda qo'llanilishi Nutqiy ravonlikni buzuvchi bazi omillar Tinish belgilarining uslubiy vazifasi Kirish so'z va kirish birikmalarning uslubiy xususiyatlari Evfemizmlar va ularning uslubiy roli Yuristlar har doim rasmiy uslub so'zlaridan foydalanadi deyish bir tomonlamadir. Yuristlar so'zga boy, so'zga chechan, ifodali nutq tuza olishlari uchun tilning turli tasviriy vositalarini zarur darajada bilishlari shart. Fikrni to'la qonli ifodalash uchun mantiqiy fikrlash bilan birga ayni fikr ifodasi uchun favqulodda muvofiq va maqsadli so'zlarni topa olish tasviriy vositalarga ehtiyojni keltirib chiqaradi. Bundan kelib chiqadiki, so'z qo'llashda xatolikka yo'l ko'yish, mazmunga putur etkazadi. Bir so'zga butun boshli voqealar, muayyan davrning manoyu mazmunini singdira olish notiqdan tilning tasviriy vositalaridan maqsadga muvofiq ifodalarni tanlay olishni talab etadi. Lekin tasviriy vositalardan zo'rma-zo'raki, kerak bo'lgan-bo'lmagan o'rinda foydalanish yaramaydi. Ularga notiq zarurat tug'ilgandagina murojaat qilishi lozim, aks holda noo'rin qo'llangan til vositalari nutqning qimmatini oshirish o'rniga unga salbiy ta'sir ko'rsatishi ham mumkin. Tasviriy ifodalar − nutq bezagi Nutqning ta'sirchanligini oshiruvchi asosiy vositalardan biri tasviriy ifodalardir. Tasviriy ifoda - predmet yoki voqea va hodisalarni o'z nomi bilan emas, balki ularning o'ziga xos belgi-xususiyatlarini tasviriy usul orqali ifodalash jarayonidir. Masalan, oq oltin - paxta, oq oltin ijodkorlari - paxtakorlar, kumush tola - pilla, haqiqat qo'rg'oni - sud organi, hayotimiz qomusi - Konstitutsiya, jamiyatning yarasi - o'g'ri va fohishalar, huquq posbonlari - yuristlar, jahon bankining vatani - Shveytsariya va h.k. Tasviriy ifodalar uslubiy vosita sifatida nutqqa obrazlilik, ko'tarinkilik, ta'siriylik bahsh etadi, jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqib notiqning lug'at boyligini oshiradi, nutqini bezaydi. Ayniqsa, yuristlar faoliyatida, jumladan, advokatlarning nutq jarayonida takrorlardan, ortiqcha qaytariqlardan qochish imkonini beradi. Bo'lg'usi prokuratura xodimlarini, sudlarni, advokatlarni so'zamollikka, tinglovchini esa falsafiy mushohada etishga undaydi. Shuningdek, parafrazalar (tasviriy ifodalar) faqat jozibadorlik va obrazlilik, nutqni boyitish, uning mazmunini ko'tarish uchungina emas, balki jamiyatning olg'a qadam qo'yishga to'sqinlik qilayotgan illatlarni fosh qilish, ulardan kulish va ularga nisbatan qarshi kurashga chaqirish maqsadida ham qo'llaniladi. Binobarin, tasviriy ifodalar predmet, voqea-hodisalarning o'z nomi orqali yuzaga chiqmagan muhim xususiyatini tasvirlab, bo'rttirib, izohlab va to'ldirib ko'rsatishda nutqiy vosita hisoblanadi. Har qanday ma'rifatli odam o'z faoliyatida tasviriy ifodalardan o'rinli va unumli foydalansa, uning og'zaki va yozma nuqti bezanadi, ta'sirchan bo'ladi. Vaholanki, tasviriy ifodalar nutqiy vosita sifatida og'zaki nutqimizga ham, yozma nutqimizga ham chiroy bahsh etadi. Qolaversa, parafrazalar tilimiz boyligi, mano imkoniyatlarining naqadar kengligini ko'rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi. Tilda so'z manolarining o'zgarishi tasodifiy bo'lmay, balki ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.65 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.65 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:39 ]
Arxiv ichida: doc