Odamlarning tashqi qiyofa belgilari asosida identifikatsiya o'tkazish Reja: 1. Odamning tashqi qiyofasi-identifikatsiya obyekti: tushunchasi va ilmiy asoslari 2. Odamning tashqi qiyofa belgilari tizimi 3. Portretlar bo'yicha identifikatsiya qilish turlari 4. Odamlarning portretlari asosida o'tkaziladigan identifikatsiyaviy tekshiruv Tergov va tezkor-qidiruv amaliyotida qidiruvdagi, tekshirilayotgan, o'lgan odamlarning tashqi qiyofa belgilari asosida identifikatsiya o'tkazish ko'plab uchrab turadi. Odamning tashqi qiyofa belgilari asosida uning shaxsi aynanligini aniqlash odamning portreti-fototasviri orqali amalga oshiriladi. Identifikatsiya obyektlari sifatida tirik odam, murda, murda qoldig'i (skeleti) tekshiriladi. Har bir shaxs sotsial va jismoniy xususiyatlarga, alohida individuallikka ega bo'lib qator ega. Sotsial xususiyatlarga insonning ism-sharifi, nasl-nasabi, kasb-hunari, boshqalar bilan munosabati va hoka'zolar kiradi. Jismoniy alomatlarga - jinsi, yoshi, tashqi qiyofa tuzilishi kabilarni kiritish mumkin. Identifikatsiya o'tkazishda odamning o'zi emas, uning chizilgan, bo'yoq bilan tasvirlangan yoki fotografiyada aks etgan suratlari taqqoslab tekshirish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Ayrim hollarda insonning tashqi tuzilishi so'z orqali tasvirlanib, shu asosda chizilgan taxminiy rasm orqali tekshiruv o'tkazilishi mumkin. Odamning tashqi qiyofa belgilari asosida identifikatsiya o'tkazishning ilmiy asoslari qator fanlarning (anatomiya, fiziologiya, sud-tibbiyoti va boshqalar) rivojlanish omillariga va yutuqlariga tayangan holda shakllanadi, tergov, tezkor-qidiruv va ekspertiza faoliyatida keng qo'llaniladi. Identifikatsiyaviy - tekshiruv uslubiyoti odam tashqi tuzilishining informatik va mustahkam belgilariga asoslanadi. Insonning tashqi qiyofa tuzilishiga oid ma'lumotlar XIX asr oxirida ilk bor fransuz kriminalisti A.Bertilon tomonidan bir tizimga solinib, jinoyat sodir qilgan shaxslarni ro'yxatga olishda ishlatilgan. Bunda odam gavdasining umumiy tuzilishi, ayrim qismlari har xil bo'lishi (boshning, qo'l-oyoqning, quloq suprasining, ko'krak qafas hajmi va hokazoning) va ularning o'lchovlar yig'indisi aynan bir odamga xos bo'lib, ikkinchisida takrorlanmasligi ta'kidlangan. A.Bertilon ishlagan o'lchovlar tasnifi asosida nemis kriminalistlari R.A.Reyss, rossiyalik olimlar. N.S.Bokarius, S.M.Potapov, I.N.Yakimov va boshqalar odam tashqi qiyofasi belgilari turlarini ma'lum tizimlarini ekspertiza identifikatsiyasida, ayrimlarini (yuz tuzilishi portretini) tezkor-qidiruv faoliyatida qo'llash uslubiyotlarini ishlab chiqdilar. Hozirgi kunda odamning tashqi tuzilishini informatik va mustahkam alomatlari asosan tergov, tezkor-qidiruv faoliyatida, bedarak yo'qolgan va jinoiy javobgarlikdan qochib yashirinib yurgan shaxslarni qidirishda, shuningdek, shaxsi noma'lum bo'lgan odamlar va ularning murdalarini aniqlash uchun tegishli hujjatlar orqali tekshirishda qo'llaniladi. Amaliyotda ba'zi tergov harakatlarini o'tkazishda (masalan: tanib olish uchun ko'rsatish, guvohlantirish kabi) tirik shaxslarni va murdalarini ko'zdan kechirishda, ularning tashqi tuzilish xususiyati bo'yicha shaxsi aniqlanib, tegishli ma'lumotlar olinadi. Odamlarni tashqi tuzilish xususiyatlari bo'yicha identifikatsiya qilish - aynanligini belgilash imkoni insonning anatomik va informatik alomatlarining yig'indisi individual bo'lganligi va ularni ikkinchi shaxsda takrorlanmaslik ta'limotiga asoslanadi. Bu individuallik xususiyati amaliy va nazariy jihatdan kriminalistik faoliyatda yillar davomida o'z isbotini topgan. Odam dunyoga kelib yil sayin o'sadi, betob bo'ladi, qariydi, turli sabablarga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.9 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.9 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:50 ]
Arxiv ichida: doc