Oddiy shirkat shartnomasi. Ommaviy tanlov. Mukofotni oshkora vada qilish. Qimor va garov o'yinlari o'tkazish

Oddiy shirkat shartnomasi. Ommaviy tanlov. Mukofotni oshkora vada qilish. Qimor va garov o'yinlari o'tkazish

O'quvchilarga / Huquq
Oddiy shirkat shartnomasi. Ommaviy tanlov. Mukofotni oshkora vada qilish. Qimor va garov o'yinlari o'tkazish - rasmi

Material tavsifi

Oddiy shirkat shartnomasi. Ommaviy tanlov. Mukofotni oshkora vada qilish. Qimor va garov o'yinlari o'tkazish. Zarar etkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar Reja: Oddiy shirkat tushunchasi, huquqiy belgilari, va uning o'ziga xos xususiyatlari. Oddiy shirkat shartnomasi bo'yicha taraflarga qo'yiladigan talablar. Oddiy shirkat shartnomasini tuzish va shartnoma shakli Oddiy shirkat shartnomasi bo'yicha qo'shiladigan hissa. Foyda va zararlarni taqsimlash Oddiy shirkat shartnomasi bo'yicha javobgarlik, shartnomaning bekor bo'lish asoslari. Yashirin shirkat Zarar etkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar to'g'risida umumiy tushuncha Yuridik shaxsning yoki fuqaroning o'z xodimi tomonidan etkazilgan zarar uchun javobgarligi Voyaga yetmagan va muomalaga layoqatsiz fuqarolar tomonidan etkazilgan zarar uchun javobgarlik Oshiqcha xavf manbai tomonidan etkazilgan zarar uchun javobgarlik. 1. Oddiy shirkat tushunchasi, huquqiy belgilari, va uning o'ziga xos xususiyatlari. Oddiy shirkat mamlakatimiz qonunchiligi uchun yangi emas. Bunday shartnoma qadimdan mamlakatimiz hududida qo'llanib kelingan. Bu shartnoma turi musilmon huquqi qonunchiligida juda yaxshi ishlangan va muvofaqqiyatli qo'llanilganligi qadimgimanbalardan malum. Bunday manbalardan biri Muxtasardir. Ushbu kitobda oddiy shirkat sheriklik nomi bilan ataladi. Shirkati taqabul da bir turli hunarni birga qo'shilib bajarishga shart qilishib, ishlashda hamda ishni qabul qilib olishdagi sheriklik oddiy shirkat tushunchasiga to'g'ri keladi. Unda har bir harakat, foydaning taqsimlash va boshqa masalalarni birgalikda sheriklar kelishuviga asosan amalga oshirilishi aniq misollar orqali ochib berilgan. Oddiy shirkat shartnomasi o'tmishda birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi shartnoma nomi bilan atalib kelingan. Oddiy shirkat shartnomasi ko'p tomonlama bitimlardan bo'lib, bunga asosan ishtirokchilar deb ataluvchi ikki yoki undan ortiq shaxs foyda olish maqsadida, qonunga zid bo'lmagan umumiy xo'jalik yuritish uchun o'z hissalarini qo'shib, yuridik shaxs tuzmasdan, birgalikda ish qilish majburiyatini oladilar. Oddiy shirkat shartnomasida ishtirok etuvchilar ikki kishidan kam bo'lishi mumkin emas. FKning 962-moddasiga asosan oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi shartnoma) bo'yicha sheriklar (ishtirokchilar) deb ataluvchi ikki yoki undan ortiq shaxs foyda olish yoki qonunga zid bo'lmagan boshqa maqsadga erishish uchun o'z hissalarini qo'shish va yuridik shaxs tuzmasdan birgalikda ish qilish majburiyatini oladilar. Demak, shartnoma bir necha shaxslarning bir faoliyatni olib borish uchun tuzadigan birlashmalari hisoblanadi, lekin bu birlashma yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmasdan faoliyat yuritadi. Shu sababli muayyan harakat qiluvchi ishtirokchilarning har biri yuridik shaxsdan farqli o'laroq munosabatda ishtirok etish jarayonida o'z subyektliligini saqlab qolish bilan xarakterlanadi. Yani yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan shaxslar birlashmalarida munosabatda ishtirok yagona subyekt orqali amalga oshirilsa (bu yerda yuridik shaxs mavxum tushuncha bo'lib, o'z-o'zidan undagi ishtirokchilar munosabatda ishtirok etsalar-da o'z nomlaridan munosabatga kirishmaydi. Aksincha ular yagona subyekt bo'lgan yuridik shaxs nomidan harakat qiladigan va yuzaga kelgan huquq va majburiyat ham ular uchun emas, yuridik shaxs uchun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.8 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.8 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga