Odil sudlov va huquqni muhofaza qilish faoliyati haqidagi qonunchilikning axloqiy asoslari

Odil sudlov va huquqni muhofaza qilish faoliyati haqidagi qonunchilikning axloqiy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Odil sudlov va huquqni muhofaza qilish faoliyati haqidagi qonunchilikning axloqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Odil sudlov va huquqni muhofaza qilish faoliyati haqidagi qonunchilikning axloqiy asoslari Reja: 1. Inson huquqlari haqidagi xalqaro-huquqiy normalarning axloqiy asoslari. 2. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining axloqiy mazmuni. 3. O'zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining axloqiy mazmuni. Inson huquqlari haqidagi xalqaro-huquqiy normalarning axloqiy asoslari. Odil sudlov davlat faoliyatinig bir turi hisoblanadi. Odil sudlovni amalga oshirish insonning huquq va manfaatini himoya qilishga, adolatni ta'minlashga chaqiriladi. Bunday muhim vazifani bajarish uchun esa odil sudlov huquqiy va axloqiy asoslarga suyanishi kerak bo'ladi. Odilsudlovda esa qonuniylik bilan axloqiylik ajratib bo'lmas birlikda bo'ladi. Qonun axloqiylik talablariga javob berishi lozim, uning sud tomonidan qo'llanishi esa axloqiy normalarga zid bo'lmasligi kerak. Qonuniylik va axloqiylikning birligi inson huquqi va erkinliklarini ta'minlashga xizmat qiladi. Shaxsning asosiy huquq va erkinliklarini ta'minlash odil sudlovning bosh axloqiy vazifasini ifoda etadi va bunga xalqaro hamjamiyat alohida ahamiyat berib kelmoqda. Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarning axloqiy mazmuni qiziqish uyg'otadi, chunki ularda mujassamlangan axloqiy tamoil va normalar O'zbekiston qonunchiligini isloh qilish asosiga qo'yilgan. Bu holat O'zbekistonda inson huquqlari sohasida ijobiy ishlar olib borilayotganligining belgisidir. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan ushbu huquq va erkinliklar oliy qadriyat hisoblanadi, qonunlarni qo'llashning mazmunini, mohiyatini, davlat hokimiyati organlarining faoliyatini aynan ular aniqlab berishi lozim. O'rganilganda inson huquqlari bo'yicha har davrlarda, turli xil mamlakatlarda qabul qilingan yuridik aktlar o'rganib chiqilganda ildizi inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro huquqdan kelib chiqib qabul qilinganligini bildiradi. Faqat sud hukmi bilan aybdor deb topish, huquqbuzarlik bilan jazoning mutanosibligi, aybsizlik prezumpsiyasi, so'zga chiqish erkinligi, so'z erkinligi, matbuot erkinligi, vijdon erkinligi, mamlakatdan chiqib ketish va qaytib kelish, mansabdor shaxslarning fuqarolarning huquqlarini buzganligi uchun javobgarligi birinchi marotaba Buyuk ozodlik xartiyasida (1215) kiritilgan edi, angliyaning Huquqlar to'g'risidagi Billda, Fuqaro va inson huquqlari Dekloratsiyasida rivojlantirilgan. Bu o'rinda qadimgi grek faylasuflarining ijtimoiy adolat va tenglik to'g'risidagi g'oyalarni aytib o'tish o'rinli bo'ladi. Davlatlarning inson huquqlari bo'yicha hamkorligiga Ikkinchi jahon urushidan keyin Birlashgan millatlar tashkilotining tashkil etilishi bilan asos solindi. Birlashgan millatlar tashkilotining Ustavida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va insonparvarlik xususiyatidagi muommalarni hal qilish bo'yicha xalqaro munosabatlarni amalgam oshirish va barchaning millati, jinsi, tili, dinidan qat'i nazar inson huquqlariga va asosiy erkinliklariga hurmatni rag'batlantirish va kuchaytirish belgilab qo'yilgan. xalqaro munosabatlar tarixida inson huquqlari bo'yicha davlatlarning keng hamkorligiga asos solgan ko'p tomonlamalik birinchi shartnoma shartnoma bu BMTning Ustavi bo'ldi. BMTning Ustavi davlatlar zimmasiga biron bir kamsitishlarga yo'l qo'ymasdan insonning asosiy huquq va erkinligiga rioya qilish yuridik majburiyatini yuklagan. BMT birinchi bosqichda inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro Bill uchta hujjatdan iborat bo'lishligi haqida qaror qabul qildi. Birinchisi inson huquqlari haqida Dekloratsiya, ikkinchsi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.36 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.36 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga