Odil sudlovga qarshi jinoyatlar

Odil sudlovga qarshi jinoyatlar

O'quvchilarga / Huquq
Odil sudlovga qarshi jinoyatlar - rasmi

Material tavsifi

Odil sudlovga qarshi jinoyatlar Reja: 1. Aybsiz kishini javobgarlikka tortish jinoyatining yuridik tahlili. 2. Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish jinoyatining yuridik tahlili. 3. Sud hujjatini ijro etmaslik jinoyatining yuridik tahlili. 4. Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish jinoyatining yuridik tahlili. 5. Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish jinoyatining yuridik tahlili. 6. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo'llash jinoyatining yuridik tahlili. 7. Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish jinoyatining yuridik tahlili. 8. Yolg'on xabar berish jinoyatining yuridik tahlili. 9. Yolg'on guvohlik berish jinoyatining yuridik tahlili. 10. Surishtiruv yoki dastlabki tergov ma'lumotlarini oshkor qilish jinoyatining yuridik tahlili. 11. Jinoyat protsessini yuritish qatnashchilarining o'z zimmasidagi vazifani bajarishdan bo'yin tovlashi jinoyatining yuridik tahlili. 12. Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish jinoyatining yuridik tahlili. 13. Jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish jinoyatining yuridik tahlili. 1. Aybsiz kishini javobgarlikka tortish jinoyatining yuridik tahlili. (O'zR JK 230-moddasi) Jinoyatning bevosita obyekti surishtiruv, dastlabki tergov bosqichlarida odil sudlovning manfaatlarini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlar hamda shaxsning huquq va erkinliklari hisoblanadi. obyektiv tomondan jinoyat aybsizligi ayon bo'lgan shaxsni ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etganlikda ayblab jinoiy javobgarlikka tortishda ifodalanadi. subyektiv tomondan jinoyat faqat to'g'ri qasd bilan sodir etilishi mumkin, bu to'g'risida surishtiruvchi, tergovchi va prokuror o'z harakatlari boshidan g'ayriqonuniyligini bilishi, yani jinoiy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning aybi yo'qligini bilgan bo'lishi kerak. Shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo'lgan hodisaning yo'qligi yoki qilmishda jinoyat tarkibi mavjud emasligi, jinoyat boshqa shaxs tomonidan sodir etilganligi, javobgarlikka tortilgan shaxsning aybi isbotlanmaganligi bu yerda ahamiyat kasb etmaydi. Jinoyatning subyekti faqat qonun bilan shaxsni ayblanuvchi sifatida javobgarlikka tortish huquqi berilgan shaxslar - taalluqliligidan qati nazar (prokuratura, MXX, IIV) surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror bo'lishi mumkin. JK 230-moddasi 2-qismida aybsiz shaxsni og'ir yoki o'ta og'ir ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etganlikda ayblab, jinoiy javobgarlikka tortganlik uchun javobgarlik nazarda tutiladi. 2. Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori ajrim yoki qaror chiqarish jinoyatining yuridik tahlili. (O'zR JK 231-moddasi) Jinoyatning bevosita obyekti odil sudlov organlarining normal faoliyati, sud hokimiyatining obro'yi, fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlari, shuningdek, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning manfaatlari hisoblanadi. Jinoyatning predmeti sudya tomonidan qabul qilinadigan huquqiy hujjatlar: hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror hisoblanadi. subyektiv tomondan jinoyat to'g'ri qasd, yani aybdor adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni qabul qilayotganida, ana shu qarorning adolatsiz ekanligini oldindan anglaganligi va buni xohlaganligi bilan tavsiflanadi. Jinoyatning subyekti muayyan ish yuzasidan sudyaning odil sudlovni amalga oshirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 42.65 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 42.65 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga