Odil sudlovni amalga oshirishning axloqiy asoslari Reja: 1. Sud hokimiyatiga bo'lgan axloqiy talablar 2. Sud jarayonining axloqiy xususiyatini ta'minlashda sud'yaning roli 3. Sud tomonidan qabul qilinadigan qarorlar mazmunidagi axloqiy asoslar 1. Sud hokimiyatiga bo'lgan axloqiy talablar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi prinsipiga asoslanishi belgilab qo'yilgaligi sud hokimiyati vakillariga nisbatan axloqiy talablarni shakllantirish uchun g'oyaviy va normativ asosni tashkil etadi. Ijtimoiy va insonlararo nizolar sohasida harakat qiladigan sud hokimiyati yuqori axloqiy standartlarga javob berishi, jamiyat umidlarini oqlashi kerak. Sud va sud ishlarini yuritish haqidagi qonunchilik axloqiy mazmun bilan to'ldirilgan va axloqiy qadriyatlarni himoya qilishga xizmat qiladi. Sud hokimiyati faoliyatiga bo'lgan eng muhim talab adolatlilik hisoblanadi. Umuman jamiyatga va har bir insonga faqat adolatli, haqiqat tomonida turadigan, haqiqatni faol himoya qiladigan va uni o'z qarorlarida aks ettiradigan sud lozim. Jinoyat va jazo, shaxsning muhim boyliklarini himoyalash haqida gap boradigan jinoyat protsessida adolad muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi adolatsiz sud alohida olingan shaxsga, shuningdek butun bir jamiyatga ham ziyon etkazishi mumkin. Sud hokimiyati jamiyat tomonidan adolatli deb tan olingan qonunlarni qo'llaganda, haqiqiy holatni aniqlagan holda ishlarni hal qilganda, aniqlangan dalillarga va qonun talablariga binoan qarorlar chiqarganda adolatli deb baholanadi. Aybdor shaxs asoslantirilgan holda asosli jazoga tortiladigan, aybsiz shaxs albatta oqlanadigan sud adolatli sud hisoblanadi. Sud hokimiyatining adolatliligiga bo'lgan talab nafaqat u tomonidan yakuniy xususiyatga ega bo'lgan qarorlarning qabul qilinishiga bog'lik, balki jinoyat ishi sudning ixtiyoriga kelib tushganidan boshlab olib boradigan faoliyatiga ham tegishli hisoblanadi. Sud hokimiyatining adolatliligi sud faoliyatiga dahldor barcha shaxslarning tengligini ta'minlashda, ishda istirok etayotgan shaxslarning huquqlariga rioya qilishda, ishni sudda ko'rib chiqish jarayonida qabul qilinadigan protsessual qarorlarning qonuniyligida ham ifodalanadi. Sud hokimiyati barchaga bir xil bo'lishi lozim. Bu axloqiy talab adolatning tenglashtiruvchilik xususiyatini o'zida aks ettiradi. Sudda taraflarning tengligini ta'minlash shunchalik ahamiyatliki, hatto bu tenglik qonunchilik tomonidan alohida belgilab qo'yiladi va jamiyatning axloqiy ongida bor bo'ladi. Sud hokimiyatiga bo'lgan muhim talablardan biri u albatta xolis va beg'araz bo'lishi kerak. Agarda sud xolis bo'lmasa, g'arazli bo'lsa odil sudlovni amalga oshira olmaydi va u odil sudlov g'oyasini buzadi, hatto u o'zboshimchalikka yo'l qoyishi mumkin. Sud'yalarga ta'sir o'tkazishga qiluvchi harakat qaysidir bir kuchlarning ta'siri ostida yo'l qo'yilgan adolatsizlik o'ta xavfli hisoblanadi. Beg'araz ishlashga harakat qilmagan yoki bo'lmasa qodir bo'lmagan sud hokimiyati jamiyatning ishonchini qazona olmaydi. Bunday hokimiyatning timsoli hisoblangan shaxslar esa bunday holatda obro'larini yo'qotadi va boshqalarni sud qilishga axloqan haqli bo'lmaydi. Sud hokimiyati vakolatli bo'lishi kerak. Sud hokimiyatining vakolatliligi uning muhim ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.71 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.71 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:51 ]
Arxiv ichida: doc