Odil sudlovning tortishuvni ta'minlashdagi ahamiyati

Odil sudlovning tortishuvni ta'minlashdagi ahamiyati

O'quvchilarga / Huquq
Odil sudlovning tortishuvni ta'minlashdagi ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Odil sudlovning tortishuvni ta'minlashdagi ahamiyati Reja: Jinoyat protsessining eng muhim va asosiy bosqichi Jinoyat ishini sudda ko'rish va hal etish Jinoyat protsessining eng muhim va asosiy bosqichi - sud muhokamasi bosqichidir. Aynan shu bosqichda jinoyat ishi yuzasidan to'plangan barcha dalillar oshkora, og'zaki va bevosita tekshiriladi hamda uzil-kesil baholanadi. Shuningdek, faqat sudda jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxsning aybdorlik masalasi hal etiladi, unga nisbatan hukm chiqariladi. Sud faoliyati mustaqil va faqat O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hamda uning asosida qabul qilingan qonunlarga bo'ysunish, oshkoralik, taraflar tortishuvi va teng huquqliligi, aybsizlik prezumptsiyasi kabi prinsiplarga va jinoyat protsessining boshqa demokratik asoslariga tayanadi. Jinoyat ishini sudda ko'rish va hal etish (in judicio - lot.) funksiyasi faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Bu shuni anglatadiki, davlatning ayblanuvchini jinoyat sodir etishda aybdor deb topishga vakolatli yagona organi sud hisoblanadi, sudning bunday qarorini rasmiylashtiradigan yagona protsessual hujjat esa faqat sud hukmi bo'ladi (O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 26-moddasi, JPKning 23, 28, 29-moddlari). Asosan birinchi instansiya sudi faoliyati bilan bog'liq bo'lgan bu funksiya malum xususiyatlari bilan jinoyat ishini sudda ko'rishga tayinlashda ham, shuningdek apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ish yuritishda ham, yani jinoyat protsessining sud belgilovchi va hal qiluvchi o'rin tutgan bosqichlarida o'z ifodasini topadi. Bundan tashqari, jinoyat ishini sudda ko'rish funksiyalarini bajarish uchun protsessual faoliyatga davlat organlari faoliyatiga nisbatan yordam bobidagi protsessning tashkiliy-texnikaviy ta'minlash (tarjimonlar, mutaxassislar, xolislar) yoki isbotlovchi ma'lumotlarini olishga ko'maklashish (guvohlar, ekspertlar) vazifalarini amalga oshiradigan fuqarolar va mansabdor shaxslar jalb etiladi. Albatta jinoyatni ochish, uni sodir etgan shaxsni aniqlash, javobgarlikka tortish borasida surishtiruv, tergov va prokuratura organlarining faoliyatlari muhim o'rin egallaydi. Ammo shunday bo'lsada, ularning faoliyatlari sudga jinoyat holatlarini to'g'ri va xolisona anilashi uchun xizmat qilishga, unga ko'mak berishga qaratilgan. Chunki, jinoyat protsessining maqsadi jinoyat ishi bo'yicha aybdor shaxsni jazolash, aybsizni esa asossiz javobgarlikdan himoya qilishdir. Xuddi shu masalalar jinoyat protsessining sud bosqichida mantiqiy yechimini topadi. Shuning uchun, sud muhokamasi bosqichining asosiy va muhim ishtirokchisi - suddir. Jinoyat protsessida odil sudlov funksiyasini faqat sud amalga oshiradi. Sud muhokamasining qolgan ishtirokchilari, yani davlat ayblovchisi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, himoyachi va boshqalar, sudga turli mazmundagi iltimosnomalar bilan murojaat etadilar. U yoki bu protsessual masala yuzasidan sudga faqat fikrlarini bildirishlari, dalillar keltirishlari va boshqa harakatlarni amalga oshirishlari mumkin. Ammo ular ish yuzasidan biron-bir qaror qabul qilishga haqli emaslar. Bunday huquq faqat sudga berilgan. Sud muhokamasida davlat ayblovchisi etarli asoslar mavjud bo'lganda ayblovni quvvatlaydi, sudlanuvchini aybdor deb topish va uni jazolash lozimligi haqida fikr bildiradi. O'z navbatida fuqaroviy da'vogar davoni qanoatlantirishni, etkazilgan zararni undirishni so'raydi. Sudlanuvchi va himoyachi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.89 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.89 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga