Odob - axloqning tushunchasi va mohiyati

Odob - axloqning tushunchasi va mohiyati

O'quvchilarga / Huquq
Odob - axloqning tushunchasi va mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Odob-axloqning tushunchasi va mohiyati Reja: 1. Odob-axloq tushunchasi 2. Odob-axloqning vazifasi va tuzilishi 3. Odob-axloq va huquq Odob-axloq tushunchasi Odob-axloq (moral) (lotincha moralis - axloqiy; mores - fe'l-atvorlar) odamning xulqini normativ tartibga solishning usullaridan biri, ijtimoiy ongning alohida shakli va ijtimoiy munosabatning qorinishi hisoblanadi. Odobning bir nechta tavsiflari bor bolib, uning o'ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Odob-axloq jamiyatda odamlarning yurish-turishini tartibga solish usullaridan biri hisoblanadi. U o'zida kishilarning ushbu jamiyatda yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, loyiqlik va noloyiqlik haqida qabul qilingan tushunchalarga muofiq o'zaro munosabatlarining xususiyatini belgilavchi norma va tamoillarni ifodalaydi. Odob-axloq talablariga rioya qilishlik ruhiy ta'sir kuchi bilan, jamoat fikri, insonning ichki ishonchi, vijdoni bilan ta'minlanadi. Odob-axloqning o'ziga xosligi shundan iboratki, u odamlarning yurish-turishini hayotning barcha jabhalarida, ya'ni ish faoliyatidagi, oiladagi, kishilar o'rtasidagi va boshqa munosabatlarda tartibga solib boradi. Odob-axloq guruhlar va davlatlararo munosabatlarga ham joriy etiladi. Odob-axloq tamoillari umumxususiyatga ega bo'lib, barcha insonlarni qamrab oladi, jamiyatning tarixiy rivojlanis jarayonida yaratiladigan o'zaro munosabatlari madaniyatining asosini mustahkamlaydi. Insonning har qanday harakati, muomalasi turli mazmunda-huquqiy, siyosiy yoki boshqa bo'lishi mumkin, ammo uning xulqiy tomoni, axloqiy mohiyati bir xil daraja korsatkichida baholanadi. Odob-axloq normalari jamiyatda an'analar kuchi, umumtanolingan va barcha tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan tartib-intizom, jamoatchilik fikri bilan qayta ishlanib boraveradi. Odob-axloq normalariga rioya qilinishi barcha tomonidan nazorat qilinadi. Odob-axloqda javobgarlik ma'naviy va yuksak bo'ladi, yani xatti-harakatni qoralaydi yoki ma'qullaydi, axloqiy baho berish shaklida bo'lib odam avvalo anglab olishi, dildan qabul qilishi va bunga mos holda o'zining xatt-harakatlarini tartibga solishi va yo'naltirishi lozim bo'ladi. Bunday baho berish umume'tirof etilgan norma va tamoillarga, barcha tomonidan qabul qilingan zarur va zarur bo'lmagan, loyiq va loyiq bo'lmagan va boshqa tushunchalarga mos bo'lishi kerak. Odob-axloq albatta insoniyatning turmushiga, insonniy ehtiyoji mohiyatiga bog'liq bo'ladi, ammo ijtimoiy va individual ong darajasi bilan belgilanadi. Jamiyatda insonlarning xatti-harakatini boshqa shakllar qatorida odob-axloq ham ko'plab individlarning faoliyatlarini muvofiqlashtirishga, uni muayan ijtimoiy qonunlarga bo'yinsungan birlashgan umumiy faoliyatga aylantirishga xizmat qiladi. 2. Odob-axloqning vazifasi va tuzilishi Odob-axloqning vazifalari masalasini o'rganib quyidagilarga ajratish mumkin: - tartibga soluvchi, - tarbiyalavchi, - bildiruvchi, - qat'iy-baho beruvchi, - mo'ljal beruchi, - asoslantiruvchi, - aloqa uchun xizmat qiladigan, va boshqa vazifalar. Yuristlar uchun odob-axloqning tartibga soluvchi, tarbiyalavchi vazifalari birlamchi qiziqish uyg'otadi. Tartibga soluvchi vazifa odob-axloqning birlamchi vazifasi hisoblanadi. Odob-axloq insonning amaliy faoliyatini jamiyatning va boshqa odamlarning manfaatlarini hisobga olish nuqtai nazaridan yo'naltiradi va tartibga solib boradi. Shu o'rinda odob-axloqning ijtimoiy munosabatlarga faol ta'siri individual xatti-harakatlar orqali amalga oshiradi. Odob-axloqning tarbiyaviy vazifasi inson shaxsini shakllantirish uning o'z-o'zini anglashida ishtirok etadi. Odob-axloq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.22 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.22 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga