O'g'irlik yo'li bilan o'zgalar mulkini talon taroj qilish jinoyati uchun javobgarlik

O'g'irlik yo'li bilan o'zgalar mulkini talon taroj qilish jinoyati uchun javobgarlik

O'quvchilarga / Huquq
O'g'irlik yo'li bilan o'zgalar mulkini talon taroj qilish jinoyati uchun javobgarlik - rasmi

Material tavsifi

O'g'irlik yo'li bilan o'zgalar mulkini talon taroj qilish jinoyati uchun javobgarlik MUNDARIJA Annotatsiya Ushbu bitiruv malakaviy ishida o'g'irlik yo'li bilan o'zgalar mulkini talon taroj qilish jinoyati uchun javobgarlik muammolari yoritib berilgan. Tadqiqotda o'zgalar mulkini talon - toroj qilish jinoyati tushunchasi va mazmun-mohiyati, o'g'rilik jinoyatining tushunchasi va uning obyektiv va subyektiv belgilari, og'irlashtiruvchi holatlarda o'g'rilik jinoyati tushunchasi, og'irlashtiruvchi holatlarda o'g'rilik jinoyatining turlari va mazmuni va og'irlashtiruvchi holatlarda o'g'rilik jinoyati uchun javobgarlik masalalari o'z ifodasini topgan. «Mamlakat iqtisodiyotining negizini turli shakldagi mulk tashkil etadi. Mulk mutloq daxlsiz hisoblanadi va davlat tomonidan qo'riqlanadi, unga nisbatan har qanday tajovuz qonunga zid deb topiladi» O'zbekiston Respublikasi Kontitutsiyasi 53-modda. K I R I Sh Mustaqilligimizni qo'lga kiritib, yangi taraqqiyot yo'liga qadam qo'yganimizdan so'ng, xalqimizning hohish-irodasi, asriy orzu-intilishlariga tayangan holda, sho'ro davridan og'ir meros bo'lib qolgan ma'muriy - buyruqbozlik tizimini tubdan isloh qilish, uning o'rnida mohiyat etibori bilan butunlay yangi - erkin bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etishga azmu qaror qildik. Biz bugungi kunda butun dunyoda o'zbek modeli sifatida tan olingan taraqqiyot modelini ishlab chiqdik. Bu modelning asosiy tamoyillari - yani, iqtisodning siyosatdan holi ekani, davlatning bosh islohotchi bo'lishi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat, islohotlarni tadrijiy asosda bosqichma - bosqich amalga oshirish prinsiplari barchamizga yaxshi ayon. Biz amalga oshirilayotgan islohotlarimizda birinchi o'ringa inson va uning manfaatlarini qo'ydik. Shuning uchun ham bugungi kunda ana shu jarayonlarning mohiyatida islohot - islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak. Prezidentimiz takidlaganlaridek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jamiki islohotlar inson uchundir. Sud-huquq islohotlari ham aynan inson va uning huquq va erkinliklarini himoya qilishga xizmat qiladi. Mavzuning dolzarbligi. Har bir jamiyatning iqtisodiy asoslarini ishlab chiqarish qurollari, vositalari hamda istemol mollaridan iborat bo'lgan mulk tashkil qiladi. Davlat va jamiyatning iqtisodiy qudrati ko'p jihatdan uning ijtimoiy, siyosiy, madaniy ahvolini belgilaydi. Shunga ko'ra mulkchilik shaklidan qatiy nazar uni rivojlantirish, har qanday tajovuz va talon-toroj qilishlardan himoya qilish har doim davlatning muhim vazifalaridan biri bo'lib kelgan. O'zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonunida mulkni talon-toroj qilishning bir qator shakllari uchun javobgarlik belgilangan bo'lib, ulardan biri o'g'rilik jinoyatidir. Aynan mavzuning dolzarbligi ham davlatimiz tomonidan muhofaza etib kelinayotgan mol-mulklarni yashirin ravishda talon-toroj qilinishi va mazkur jinoyatning turi va ko'lamini kengayib borayotganligidadir. O'zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish yoki o'g'rilik iqtisodiyot sohasidagi eng keng tarqalgan jinoyatlardan biridir. Talon-toroj qilishning barcha shakllari ichida o'g'rilik jinoyati sodir etilish usuli jihatidan eng xavfi kamrog'i deb topilishi mumkin: unda jismoniy yoki ruhiy ta'sir etish qo'llanilmaydi; aybdor uni sodir etishda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 87.26 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 87.26 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga