O'g'irlik, talonchilik va bosqinchilik jinoyatlarini tergov qilish Reja: 1. O'g'irlik, talonchilik va bosqinchilik jinoyatlarining kriminalistik tavsifi 2. O'g'irlik jinoyatlarini tergov qilish 3. Talonchilik va bosqinchilik jinoyatlarini tergash Davlat, jamoat va shaxslarning mulkini o'g'irlash eng ko'p tarqalgan jinoyatlardan hisoblanib, mazkur turlarning bevosita obyektlari davlat, jamoat yoki fuqarolarning shaxsiy mulklaridir. O'g'irlik - davlat, jamoat va shaxsiy mulklarning yashirin ravishda o'zlashtirishga bo'lgan harakatidir. Talonchilik jinoyati deganda jabrlanuvchiga nisbatan zo'rlik ishlatib yoki ishlatmasdan mulkni ochiqchasiga talash tushuniladi. Bu harakat o'zgalar mulkini ochiqdan ochiq zo'rlik ishlatib qo'rqitish yo'li bilan talon-taroj qilishdan iboratdir. Bosqinchilik - jinoyati esa jabrlanuvchining shaxsiy mulkini uning sog'lig'i yoki hayoti uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatib yoki zo'rlik ishlatish yo'li bilan qo'rqitib egallash tushuniladi. Mazkur jinoyatlarni sodir etishdan oldin unga puxta tayyorgarlik ko'riladi. Jinoyatchilar oldindan jinoyat sodir etiladigan joyni (ombor, do'kon, xonadon) yoki hujum uyushtirilishi lozim bo'lgan shaxsni (inkassator, g'aznachi, sotuvchi, qorovul) belgilab olishadi, zarur bo'lganda oldindan qurollarni tayyorlashadilar, transport vositalarini hozirlab qo'yadilar, bajariladigan vazifalarni o'zaro bo'lib olishadi. O'g'irlik, talonchilik va bosqinchilik jinoyatlari aksariyat hollarda uyushgan guruh tomonidan sodir etiladi. Ko'pincha shunday guruhlar juda turg'un bo'lib, doimiy ravishda qator jinoyatlarni sodir etishlari ham mumkin. Jinoyatchilar jamg'arma va davlat banklariga, do'konlarga, inkassatorlarga hujum qilish uchun maxsus tayyogarlik ishlarini amalga oshiradilar, korxona va muassasalarning ish rejimlarini o'rganadilar. Inkassator va savdo xodimlarining yo'nalishlarini kuzatadilar. Yetarlicha ma'lumot to'plaganlaridan keyin hujum qilish vaqtini va joyini, guruh tarkibini aniqlaydilar, qurol va transport vositasi hozirlaydilar. Orqaga qaytish yo'llarini va talon-taroj qilingan mulkni yashirish joylarini belgilab olishadi. Jinoyatchilar ba'zi vaqtlarda mazkur jinoyatni hech qanday oldindan tayyorgarlik ko'rmasdan amalga oshirishlari mumkin. Bunday jinoyatlar agar jinoiy tajovuz obyekti oldindan belgilab qo'yilmagan bo'lsa amalga oshiriladi. Masalan: jinoyatchilar bir qator xonadonlarni aylanib, eshiklarni taqillatadilar agar hech kim chiqmasa, eshikni buzib o'zlarini qabih niyatlarini amalga oshiradilar. Bunday jinoyatlar ko'pincha kunduz, dam olish va bayram kunlari sodir etiladi, chunki bunday kunlarda uy egalari ishda yoki ko'chaga dam olgani chiqib ketgan bo'lishadi. Talonchilik va bosqinchilik jinoyatlarini sodir etishda jinoyatchilar ko'pincha to'satdan hujum qilishga (agar ko'chada bo'lsa) harakat qilishadi, xonadonlarga kirishning esa turli yo'llarini izlaydilar, pochta, gaz, elektr energiyasi xizmati xodimi sifatida kelganligini bildirib, uyga hech qanday qarshiliksiz kirishga harakat qilishadilar. Agar jinoyat ochiq joylarda sodir etilsa, jabrlanuvchiga to'satdan pana joydan, daraxt orqasidan turib hujum qilinadi yoki unga yaqinlashish uchun turli yo'llarni qidiradi. Masalan: chekish uchun gugurt so'rash, biron-bir ko'cha yoki adresni so'rash orqali jabrlanuvchiga yaqin kelishga, keyin esa unga hujum uyushtirishga harakat qiladi. Talonchilik va bosqinchilik jinoyatlarining obyekti bo'lib aksariyat hollarda ayol kishilar va mast holatda yurgan erkaklar ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
65.15 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
65.15 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: doc