O'g'rilik haqidagi ariza yoki xabarni qabul qilish va rasmiylashtirish xususiyatlari Reja: O'g'rilik haqidagi ariza yoki xabarni qabul qilish va rasmiylashtirish xususiyatlari O'g'rilik jinoyatlari yuzasidan tergov-tezkor guruhining vazifalari O'g'rilik sodir etilganligi to'g'risidagi ariza va xabarlar ichki ishlar organlarining navbatchilik qismiga asosan jabrlanuvchi yoki guvohlarning aloqa vositalari orqali bergan xabarlari, jabrlanuvchining ariza bilan bevosita murojaat qilishi yoki qo'riqlash signalizatsiya vositalarining ishlab ketishi natijasida kelib tushadi. O'zbekiston Respublikasi JPKning 324-moddasiga muvofiq, shaxslarning jinoyat to'g'risidagi arizalari yozma yoki og'zaki bo'lishi mumkin. Yozma ariza qonunda belgilangan talablarga javob berishi va rekvizitlarga ega bo'lishi shart. O'zbekiston Respublikasi IIVning 2016 yil 7 noyabrdagi «Ichki ishlar organlarida jinoyat va hodisalarga oid arizalar, xabarlar hamda boshqa ma'lumotlarni qabul qilish, ro'yxatga olish, krib chiqish va hisobini yuritish to'g'risidagi yo'riqnomani tasdiqlash haqida»gi buyrug'iga muvofiq, o'g'rilik to'g'risidagi ariza (xabar) telefon orqali kelib tushgan bo'lsa, ichki ishlar organlari tezkor navbatchisi tomonidan u hodisalar to'g'risidagi boshqa xabarlarni qayd etish jurnali (2-shakl)da, yozma arizalar esa jinoyatlarni hisobga olish kitobi (1-shakl)da qayd etilishi, so'ngra arizachiga navbatchi tomonidan xabarnoma-qog'ozi berilishi kerak. Shundan so'ng navbatchi zudlik bilan shahar, tuman IIB rahbariyatiga axborot berib, jinoyat izlarining saqlanishini ta'minlash uchun voqea joyini qo'riqlash hamda guvoh va voqea shohidlarini aniqlash maqsadida, hududiy profilaktika inspektorini voqea joyiga yuboradi va tezkor-tergov guruhining hodisa joyiga to'liq tarkibda va ekipirovka bilan chiqishini ta'minlaydi. Shu bilan birga, ariza yoki xabarni hodisaning boshqa hududda sodir etilganligi, unda jinoyat alomatlari bor yoki yo'qligini aniqlash uchun asoslar etarli emasligi, boshqa davlat muassasasiga murojaat qilishi kerakligi kabi vajlar bilan qabul qilishni rad etish qatiyan taqiqlanadi. Shuningdek, jinoyat haqidagi ariza yoki xabarni ichki ishlar organlari kotibiyatlarida yuritiladigan murojaatlarni qayd etish jurnalida ro'yxatdan o'tkazish mumkin emas. O'g'rilik jinoyatlari yuzasidan tergov-tezkor guruhining vazifalari Tergov-tezkor guruhi (bundan keyin TTG) tarkibiga tergovchi, jinoyat-qidiruv xodimi, ekspert-kriminalist (zarur hollarda boshqa mutaxassislar) va xizmat iti bilan kinologlar kiradi. Kinolog yordamida jinoyatni tergov qilish uchun muhim holatlarni aniqlash, jinoyatchilarni «issiq izlar» bo'yicha ushlash mumkin. TTG rahbari - tergovchi tezkor navbatchidan sodir etilgan jinoyat to'g'risidagi xabarni olganidan so'ng TTG tarkibining yig'inini elon qilib, tezkor navbatchi bilan birgalikda TTG a'zolarining tayyorgarligini, ularning to'laligini tekshiradi, TTG a'zolariga sodir etilgan jinoyat bo'yicha ma'lumotlarni etkazadi, tezkor navbatchidan ariza (xabar)larni qayd etish (2-shakl) jurnali yoki 1shakl kitobidagi qayd etilgan raqamini olib, hodisa joyiga chiqishni tashkil qiladi. Hodisa joyida profilaktika inspektori xolislarni jalb etish masalasini hal etadi. Tergovchi hodisa joyiga kelib, sodir etilgan jinoyat haqida dastlabki ma'lumotlarni o'rganadi, TTG a'zolari - tezkor xodim, profilaktika inspektori, EKB mutaxassisi va inspektor-kinologga vazifalar belgilaydi. O'g'rilik jinoyatini fosh etish bo'yicha ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.81 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.81 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: docx