O'g'rilik jinoyatini ochishga qaratilgan tergov - tezkor guruhini tashkil etish, uning faoliyatini rejalashtirish va tashkillashtirish

O'g'rilik jinoyatini ochishga qaratilgan tergov - tezkor guruhini tashkil etish, uning faoliyatini rejalashtirish va tashkillashtirish

O'quvchilarga / Huquq
O'g'rilik jinoyatini ochishga qaratilgan tergov - tezkor guruhini tashkil etish, uning faoliyatini rejalashtirish va tashkillashtirish - rasmi

Material tavsifi

O'g'rilik jinoyatini ochishga qaratilgan tergov tezkor guruhini tashkil etish uning faoliyatini rejalashtirish va tashkillashtirish Reja: O'g'rilik jinoyatini ochishga qaratilgan tergov-tezkor guruhini tashkil etish O'g'rilik jinoyatini faoliyatini rejalashtirish va tashkillashtirish O'g'rilik jinoyati izlarini o'z vaqtida, yani izlari «sovimasidan» (yo'qolmasidan) aniqlash, qayd etish, mustahkamlash va to'plash jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni topish va ushlash hamda ishning barcha holatlari har tomonlama, to'liq va xolisona tekshirilishini ta'minlash uchun tergov-tezkor guruhining voqea joyiga o'z vaqtida va to'liq tarkibda chiqishi alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda tergov-tezkor guruhlarining quyidagi ko'rinishlari mavjud: Ichki ishlar organlari navbatchilik qismlari qoshidagi navbatchi tergov-tezkor guruhi, yani jinoyat haqidagi xabarlarni zudlik bilan tekshirish maqsadida hodisa sodir bo'lgan joyga chiqib, jinoyatlarni «issiq izidan» fosh etish maqsadida kechiktirib bo'lmaydigan tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari o'tkazilishini ta'minlash maqsadida tergovchi, tezkor xodim, profilaktika inspektori, ekspert-kriminalist hamda kinologdan tashkil topadi. Tergov-tezkor guruhlarining soni, ish va dam olish vaqtini IIB boshliqlari idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida yuzaga kelgan tezkor vaziyatdan kelib chiqib belgilaydilar. Ichki ishlar organlari rahbariyatidan masul rahbarlarning sodir etilgan og'ir va o'ta og'ir jinoyatlar hamda rahbariyat ko'rsatmasi asosida boshqa jinoyatlar bo'yicha sutka davomida shaxsan voqea joyiga chiqishlari talab etiladi. Maqsadli (vaqtinchalik) tergov-tezkor guruhi aniq jinoyat ishini tergov qilish va fosh etish uchun tuziladi. Ixtisoslashgan (doimiy harakatdagi) tergov-tezkor guruhi malum bir turdagi (shaxsning hayoti va sog'lig'iga qarshi, iqtisodiy) jinoyatlar sodir etilib ochilmagan hollarda, jinoyatni sodir etgan shaxs nomalum bo'lganada, ushbu jinoyatlarni tergov qilish va fosh etish uchun tuziladi. Mazkur tergov-tezkor guruhiga, idoralararo kelishuvga ko'ra, IIB, MXX, FVV, Bojxona xizmati, SVOJQK xodimlaridan ham tegishli mutaxassislar jalb qilinishi mumkin. Tergov-tezkor guruhini tashkil qilish haqida qaror boshqaruvning turli darajalaridagi ichki ishlar organi rahbarining buyrug'i bilan rasmiylashtiriladi. O'g'rilik jinoyatlarini tergov qilish va fosh etish bo'yicha tergov-tezkor guruhi IIB boshlig'ining buyrug'i asosida tashkil etiladi. Tergov-tezkor guruhiga tergovchi rahbarlik qiladi. Tergovtezkor guruhi tarkibiga kiritilgan xodimlarning samarali hamkorligini tashkil qilishga ichki ishlar organlari boshliqlari va ularning tezkor ishlar va tergov bo'yicha o'rinbosarlari, tergov, EKB boshliqlari masul hisoblanadilar. Tergov-tezkor guruhlari tarkibi va soni sodir etilgan jinoyatning o'ziga xos xususiyatlari, aniqlanishi lozim bo'lgan holatlar hamda tezkor-qidiruv, ilmiy-texnikaviy va tashkiliy faoliyatning hajmi, xususiyati va murakkabligiga bog'liq bo'ladi. Masalan, jinoyat sodir etishda jinoyatchi shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanganliklari yuzasidan olingan dastlabki ma'lumotlar asosida tergov-tezkor guruhi tarkibiga YHX xodimlari ham jalb etilishi mumkin. Tergov-tezkor guruhining yangi a'zolarini jalb qilish hamda tarkibidagi a'zolarni almashtirish faqat jinoyat ishini yuritayotgan tergov-tezkor guruhi rahbarining qarori asosida amalga oshirilishi lozim. Ushbu sharoitda tergov-tezkor guruhi a'zolari birgalikdagi faoliyatining eng maqbul variantlarini aniqlashda tergovchining tashkiliy-boshqaruv xususiyatiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.03 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:40 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.03 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga