O'g'rilik jinoyatining jinoyat huquqiy va kriminalistik tavsifi Reja: O'g'rilik jinoyatining jinoyat-huquqiy tavsifi va uni kvalifikatsiya qilish qoidalari O'g'rilik jinoyatini kvalifikatsiya qilish qoidalari O'g'rilik jinoyatining jinoiy-huquqiy tavsifi. O'g'rilik deganda jabrlanuvchi yoki boshqa shaxslar yo'qligida yoki ular bor bo'lsa-da, ularga bildirmasdan o'zganing mol-mulkini yashiringa talon-toroj qilish tushuniladi. O'g'rilik jinoyatining obyekti - o'zgalar mulki, obyektiv tomoni o'zganing mulkini yashirin ravishda egallab olish hisoblanadi. O'zganing mulkini talon-toroj qilish quyidagi ikkita mezon asosida yashirin deb topiladi: 1) obyektiv mezon (qilmish shohidlarining aybdor tomonidan sodir etilayotgan jinoiy qilmishning asl mohiyatini anglamasligi yoki o'zganing mulkini yashirin ravishda egallayotgan aybdorda ko'zlagan jinoiy qilmishining xususiyatini anglashga obyektiv imkoniyat mavjud emasligi); 2) subyektiv mezon (aybdor o'zganing mulkini yashirin ravishda egallayotganligi haqida tasavvurga ega bo'lishi). Shu nuqtai nazardan o'zganing mulkini talon-toroj qilish quyidagi hollarda sodir etilgan bo'lsa, yashirin hisoblanadi: sodir etilayotgan qilmishni hech kim kuzatib turmagan bo'lsa va qilmish sodir etilayotgan joyda hech kim bo'lmasa; mulk jabrlanuvchi yoki boshqa begona shaxslarga sezdirmasdan olingan bo'lsa; mulk olinishini kuzatib turuvchi jabrlanuvchi yoki boshqa shaxslar sodir etilayotgan qilmishning xususiyati va ahamiyatini tushunmagan bo'lsa; aybdorning qilmishini kuzatib turgan jabrlanuvchi yoki boshqa shaxslar sodir etilayotgan qilmishning xususiyatiga to'g'ri baho bersa va tushunsa-da, biroq aybdor ushlab olinmasdan, u o'zining harakatlarini yashirin sodir etyapman deb tasavvur qilsa; aybdorning qilmishini kuzatib turuvchi va o'zining mavjudligini yashirmayotgan u yoki bu shaxslar sodir etilayotgan qilmish xususiyatiga to'g'ri baho bersa va tushunsa-da, biroq ular aybdor uchun begona shaxslar bo'lmasa (yaqin kishilar yoki qarindoshlar). Agar qilmishda aybdor o'zining qarindoshlari yoki tanishlarining jim turishi, roziligini ko'zda tutib yoxud imo-ishorali roziligini olib, ularning ko'z o'ngida o'zganing mulkini olgan bo'lsa, qilmish yashirin deb baholanadi. Shu o'rinda takidlash joizki, uxlab yotgan yoki hushidan ketgan shaxsning mulkini o'g'irlash ham yashirin talon-toroj hisoblanadi. Mulkni ochiqdan-ochiq o'g'irlashni yashirin ravishda talon-toroj qilishdan farqlashda uni jabrlanuvchiga qilingan zo'rlik darajasi bilan emas, balki aybdor harakatlarining xususiyatiga ko'ra farqlash kerak. Chunki aksariyat hollarda aybdor o'zganing mulkini jabrlanuvchiga zo'rlik ishlatilganidan so'ng olib qo'yadi. Masalan, ikki nafar shaxs jabrlanuvchidan qasos olish niyatida uni urib do'pposlash paytida jabrlanuvchi hushini yo'qotgach, ulardan biri jabrlanuvchining qo'lidagi soatini olib ketadi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq, o'g'rilikni jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan topilmalarni o'zlashtirib olishdan farqlash kerak. Ushbu masalani hal qilishda, birinchidan, «mulkka egalik qilish holatlari» tushunchasini hamda ikkinchidan, «yo'qotilgan mulk» va «mulkdorning yodidan chiqqan mulk» o'rtasidagi farqni aniqlash lozim. Agar yo'lovchi vokzalda og'ir chemodanni muayyan vaqtga qarovsiz qoldirib, oshxonaga yoki boshqa joyga borib kelgan vaqt mobaynida mazkur chemodan begona shaxslar tomonidan egallangan bo'lsa, shaxsning harakatlari o'g'rilik sifatida baholanishi kerak. Yoddan chiqqan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.83 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.83 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: docx