O'g'rilik jinoyatining kriminalistik tavsifi Reja: O'g'rilik jinoyatining umumiy tavsifi O'g'rilik jinoyatining yuridik tahlili O'g'rilik jinoyatini oldini olishning kriminologik xususiyatlari, dinamikasi. O'g'rilik bugungi kunda eng ko'p tarqalgan jinoyatlardan biridir. O'g'rilikning kriminalistik tavsifi ushbu jinoyatlarning eng muhim belgilarini, jinoyat sodir etilgan shart-sharoitni, sodir etish usulini, uni sodir etishga moyil bo'lgan shaxslar haqidagi ma'lumotlar yig'indisini o'z ichiga oladi O'g'rilik jinoyat ishlari bo'yicha aniqlanishi lozim bo'lgan holatlarga qo'yidagilar kiradi: O'g'rilik jinoyati haqiqatan ham sodir etilganligi; O'g'rilik jinoyatining sodir etilgan joyi (korxona, muassasa, tashkilotlarning aniq nomi va joylashgan joyi, jabrlanuvchining manzili), vaqti va qo'llangan usuli; O'g'irlangan mulk kimga tegishli ekanligi (korxona, muassasa, tashkilot yoki fuqarolar); aniq nima o'g'irlanganligi, o'g'irlangan mulkning belgilari, soni va narxi; O'g'rilik jinoyatini sodir etishda qanday texnika vositalaridan foydalanilganligi; O'g'rilik kimlar tomonidan sodir etilganligi, ishtirokchilar va ularning vazifalari; O'g'irlangan mulk kimga berilgan yoki sotilganligi; keltirilgan zarar miqdori; o'g'rilik jinoyatining sodir etilishiga olib kelgan sabab va holatlar; keltirilgan moddiy zararni qoplash uchun qanday chora tadbirlar ko'rish talab etilishi. O'g'rilik jinoyati sodir etilgan joy va uning manzili jabrlanuvchi, mansabdor shaxslar, qorovul, guvoh, surishtiruv organlari vakillari bergan ma'lumotlarda aniq ko'rsatilgan bo'ladi. O'g'rilik jinoyatining sodir etilish vaqti, usuli va bunda qanday texnika vositalaridan foydalanilganligi voqea joyini ko'zdan kechirishda aniqlanadi, shuningdek o'g'rilik jinoyatini tergashda aniqlanishi lozim. O'g'rilik jinoyatini tergov qilishda o'g'rilik sahnalashtirib ko'rilishi, ya'ni o'g'rilik jinoyati sodir etilmagan bo'lsada, xonadonlarda, do'kon va davlat mulki saqlanadigan omborlarda mazkur jinoyat sodir etilishi bilan bog'liq holat, vaziyat yaratiladi. Voqea joyini sinchkovlik bilan ko'zdan kechirganda bunday mug'ombirlikni fosh etadigan asoslarni topish mumkin O'g'riliklarni kriminalistik tavsiflashning asosiy tarkibiy elementlari qo'yidagilardan iborat: jinoiy tajovuzning bevosita predmeti; sodir qilingan jinoyatning vaqti, joyi va boshqa holatlar; O'g'rilik sodir etish usullari; voqea sodir bo'lgan joyda jinoyatchilar qoldiradigan tipik izlar; jinoyatchining shaxsi haqidagi ma'lumotlar; jabrlanuvchining shaxsi haqidagi ma'lumotlar. Odatda pullar qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlar, axborot kommunikatsiya vositalari, kiyim-kechaklar, avtomototransport vositalari va boshqalar jinoiy tajovuzning bevosita predmetlari hisoblanadi. O'g'rilikni sodir etish usuli kriminalistik tavsifning asosiy, markaziy elementi hisoblanadi, chunki u jinoyatni tayyorlash, amalga oshirish va yashirish bo'yicha jinoyatchilarning harakatlarini yagona niyatda birlashtiradi Bino va avtomobillardan narsa o'g'irlashni ikki guruhga ajratish mumkin: a) texnik vositalar (tanlab olingan, yasalgan kalitlar, ochqichlar, asboblar)ni qo'llab sodir etiladigan o'g'irlik; b) kirish oson bo'lgan joylardagi (ochiq derazalar, qulflanmagan eshiklar, qarovsiz qolgan avtomobillar va h.k.) narsalarni o'g'irlash; Sodir etilgan o'g'rilik haqidagi axborotning borligi tergov vazifalari va yo'nalishini, shuningdek tergovchining hamda u bilan hamkorlik qilayotgan operativ xodimlar va mutaxassislarning tegishli harakat dasturini aniqlab olishga imkon beradi. Adabiyotlar: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., «O'zbekiston», 2003 Xolmo'minov Q. Davlat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
934.33 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
934.33 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: pptx