O'g'rilik jinoyatlari bo'yicha hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish va tergovga qadar tekshiruvni yakunlash Reja: O'g'rilik jinoyatlari bo'yicha hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish Tergovga qadar tekshiruvni yakunlash Hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish kechiktirib bo'lmas tergov harakati bo'lib, jinoyat alomatlariga ega hodisaning natijalarini maqsadga muvofiq ravishda faol o'rganishdan iborat. Hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish izlarni aniqlash, tekshirish va saqlash choralarni kechiktirmay zudlik bilan ko'rish, jinoyat oqibatlarini qayd qilish maqsadlarida o'tkaziladi. Hodisa sodir bo'lgan joy - muayyan ochiq yer yoki xonadon bo'lib, aynan o'sha joyda jinoyatning alomatlari yoki izlari topilgan bo'ladi. Hodisa joyini ko'zdan kechirish katta hajmli murakkab harakatdir. Uning murakkabligi va ko'zdan kechirish vazifalarining ziyodligi, hodisa joyida bo'lgan sharoitlarning meteorologik omillarga ko'ra o'zgarishi ayrim obyektlarning xususiyatlari, odamlarning ataylab yoki ehtiyotsizlik bilan qilgan harakatlari sababli o'zgarishi, ish faoliyatining uzunligi hamda chigal vaziyatlarda katta ruhiy ezilish va boshqalar bilan belgilanadi. Ko'zdan kechirish vaqtida tergov-tezkor guruhining barcha a'zolari ishtirok etadi va ularning har biri o'z bilimi va vazifalariga asoslanib faoliyat yuritiladi. Tayyorgarlik paytida va hodisa joyini ko'zdan kechirishda tergovchi va tergov-tezkor guruhi qatnashchilari ish jarayonida xomaki yozuv, chizma va matnlar tuzadilar. Ko'zdan kechirish paytida isbotlanishi lozim bo'lgan holatlar bo'yicha axborot olinishi lozim. Ko'zdan kechirish chegaralarini hodisa joyiga qaraganda biroz kengaytirish maqsadga muvofiq bo'ladi va hodisa joyiga tutashgan yerlar hamda ko'chalar, o'rmonlar, yo'llar, hovlilar, yordamchi xonalar ko'zdan kechirilishi lozim, bundan tashqari, xizmat iti olib borgan yo'nalish bo'yicha ko'zdan kechirish ham natija berishi mumkin. Tergov holati xususiyatlariga qarab hodisa joyini ko'zdan kechirish bir necha usullarda amalga oshiriladi. Kontsentrik usulda hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish hodisa joyining tevaragidan markaziga qarab yo'naltirilgan bo'ladi. Masalan, do'konda o'g'rilik bo'lganligini aniqlab, ko'zdan kechirishni hodisa joyida o'g'rining do'konga kirgan joyidan (eshik, oyna, devordan) sotuvchining joyigacha o'tkazish lozim, chunki jinoyatchi aynan sotuvchi turadigan joyda obyektlar holatini o'zgartirib, narsalarga qo'l urgan, seyfni buzib, o'g'irlik sodir qilgan bo'ladi. Ekstsentrik usulda tergovchi hodisa sodir bo'lgan joyning fikran tanlangan markazidan hodisa joyining tevarak-atrofigacha (masalan, qotillik jinoyati bo'yicha jasad topilgan joydan uyga kirish joyigacha yoki jinoyat qurollarini yashirish joyigacha) ko'zdan kechirish olib boradi. Frontal (malum bir chiziqda o'tkazish) usuli ochiq joyning holatini o'rganish maqsadlarida shosse, temir yo'l, daryo bo'ylab o'tkaziladi. Masalan, jasadni topish uchun bir necha odamdan o'ttizqirqta odamgacha bir chiziqda turib, bir necha metr masofaga ega ochiq joyni o'zaro bir yo'nalishda tekshirib chiqadi va ochiq joyda topilgan obyektlar qayd qilinadi. Mukammal ko'zdan kechirish usuli - bu hodisa sodir bo'lgan joyning ayrim qismlarining ko'zdan kechirishdir chunki bu qismlarda jinoyatga aloqador muhim axborot manbalari bo'lishi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.87 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.87 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: docx