O'g'rilik jinoyatlarining sabab va shart - sharoitlari

O'g'rilik jinoyatlarining sabab va shart - sharoitlari

O'quvchilarga / Huquq
O'g'rilik jinoyatlarining sabab va shart - sharoitlari - rasmi

Material tavsifi

O'g'rilik jinoyatlarining sabab va shart sharoitlari Reja: O'g'rilik jinoyatlarining sabab va shart-sharoitlari Profilaktika inspektorining o'g'rilik jinoyatlarining oldini olish bo'yicha vazifalari Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning turlaridan biri hisoblangan o'g'rilik jinoyati mulkiy munosabatlarga va xususiy mulk huquqiga jiddiy xavf tug'diradi. So'nggi yillarda iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishi natijasida o'zgalar mulkini talontoroj qilish bilan bog'liq jinoyatlarning ichki tuzilishida ham jiddiy o'zgarishlar yuz berdi. Mulk shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiyotning bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko'rsatishi, jahon iqtisodiyotiga qo'shilish ayrim jinoyatlar bo'yicha kriminal vaziyatning og'irlashishiga olib keldi. O'g'rilik jinoyatlari umumiy jinoyatchilikning katta qismini (30,4%ni) tashkil etadi. Mazkur jinoiy qilmishlar oqibatida jismoniy va yuridik shaxslarga juda katta miqdorda moddiy zarar etkaziladi. O'g'rilik jinoyatlarining Toshkent shahrida sodir etilishi statistikasi 2017 yilning 4 oyi mobaynida 14,5 foizga oshgan, ularning 20 foizi fosh etilmagan va jinoyatlarning ochilish darajasi o'tgan yilga nisbatan 6 foizga tushib ketgan. Ushbu turdagi jinoyatlarni asosan erkaklar (89,1 %) sodir etmoqda, ammo oxirgi ikki yil davomida ayollarning hissasi (10,9 %) ham oshgan. Oliy va to'liqsiz oliy ma'lumotlilar 52,3%ni, o'rtamaxsus va o'rta ma'lumotga ega shaxslar o'rtacha 47,7% ni tashkil qiladi. Mazkur turdagi jinoyatlarni sodir etganlarning 84,9 % ini 30 va undan katta yoshdagilar tashkil qiladi. Chunonchi, bu turdagi jinoyatlarni sodir etishga moyillik cho'qqisi 30-50 yosh bo'lib, bu eng kriminogen yosh hisoblanadi. Jumladan, 16-17 yoshdagilar 0,02 %, 18-25 yoshdagilar 4,0 %, 26-30 yoshdagilar 11,0 %, 31-35 yoshdagilar 20 %, 36-45 yoshdagilar 30 %, 46- 55 yoshdagilar 26,6 %, 56 va undan katta yoshdagilar 8,3 % ni tashkil qiladi. Respublikamizda sodir etilgan o'g'rilik jinoyatlarining tahlili asosida tadqiq qilinayotgan jinoyatni keltirib chiqaruvchi omillarning bevosita yoki bilvosita ta'sir etishini inobatga olib, ularni ikki guruhga ajratish mumkin: a) bilvosita (umumiy) omillarga ma'naviy-ma'rifiy; siyosiy, boshqaruv-tashkiliy; ijtimoiy-iqtisodiy omillar kirsa; b) talon-torojni keltirib chiqaruvchi bevosita (maxsus) omillarga ishsizlik, o'zi va oilasini ta'minlash uchun daromadlarining yetishmasligi; noqonuniy boyishga intilish; mikromuhitning ta'siri; qonunga hurmatsizlik bilan qarash; mulklarning etarli darajada himoyalanmaganligi; mulklar ustidan nazoratning sustligi; talon-torojlik sodir etilishi uchun sharoit yaratilishi; mulkchilik shaklidan qati nazar, korxona, tashkilot va muassasalarda moddiy boyliklar va pul mablag'lari hisobotining noto'g'ri olib borilishi kiradi. Mazkur sabab va shart-sharoitlarni yanada to'laroq tahlil qiladigan bo'lsak, quyidagi holatlar namoyon bo'ladi. Takidlash joizki, jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar, ko'plab korxonalarning tugatilishi ishsizlikning ko'payishiga, o'qishni tugatganlar, armiya safidan bo'shatilganlar, malakali mutaxassislar va malakasiz shaxslarning ishsiz bo'lib qolishi, jinoiy jazodan ozod bo'lib kelayotganlarning ish bilan ta'minlanmayotganligi o'g'rilik jinoyatlari ko'payishining eng asosiy sabablardan biri bo'lib qolmoqda. O'g'rilik jinoyati uchun jinoiy jazoga hukm qilinganlarning 60,5 foizi jinoyat sodir qilish paytida hech qaerda ishlamaganligi buni tasdiqlaydi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.06 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:40 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.06 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga