Oila huquqi asoslari

Oila huquqi asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Oila huquqi asoslari - rasmi

Material tavsifi

Oila huquqi asoslari 1. Oila huquqi tushunchasi. Oila huquqi tushunchasi, predmeti, tamoyillari va manbalari. Oila uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot natijasidir, jamiyat tuzilishining obyektiv zarur, ajralmas qismidir. Oila eng muhim ijtimoiy vazifalarni: insonni yaratish, bolalarni tarbiyalash, odamlarni jismoniy va ma'naviy jihatdan kamol toptirish, ularni ma'naviy birlashtirish, birgalikda xo'jalik yuritishni ta'minlash, o'zaro yordam ko'rsatish, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini ta'minlash, demografiya jarayonlarini yaxshilash vazifalarini bajaradi. Oila bolalar to'g'risida g'amxo'rlik qilishga, ona va bola manfaatlarini muhofaza etishga, onalikni rag'batlantirishga qaratilgan tadbirlar turkumini nazarda tutuvchi huquq oilaviy munosabatlarni mustahkamlashning muhim vositasi hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar va fuqarolik huquqi Oila davlat himoyasiga olingan bo'lib, Konstitutsiyada bu haqda shunday deyiladi: Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir, hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega. Oila-kishilarning tabiiy-biologik, huquqiy va ma'naviy munosabatlariga asoslangan birlik. Nikoh shartnomasi. Nikoh shartnomasi. yer va xotinning shaxsiy, mulkiy huquq va majburiyatlari. Nikoh ro'yxatga olingan paytdan boshlab nikohni tuzganlar yer-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan e'tiboran ular o'rtasida yer-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. yer-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik va Oila Kodekslari normalari bilan tartibga solinadi. yer-xotinning mulkiy munosabatlari ikki xil usul bilan tartibga solinadi: 1) yer-xotin mulkining qonuniy tartibi; 2) yer-xotin mulkining shartnomaviy tartibi. 1. yer-xotin mulkining qonuniy tartibi.- yer-xotin nikoh davomida birgalikda orttirgan mol-mulklariga egalik qiladilar, undan foydalanadilar va bu mulkni tasarruf etadilar. yer-xotin nikoh davomida orttirgan mol-mulklarni, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar, bo'lajak yer-xotinning umumiy mablag'lari umumiy mulki hisoblanadi. Ota-onalik va uning huquqiy oqibatlari. Bolalar muayyan ota-onalardan tug'ilganligining belgilangan tartibda tasdiqlanishi ota-onalar bilan bolalar o'rtasidagi huquqiy munosabatlar vujudga kelishining negizini tashkil etadi. Nikohda bo'lgan ota-onadan tug'ilgan bolaning paydo bo'lishi ota-onaning nikohi bilan bog'liq hujjatlarda qayd etiladi va tasdiqlanadi. Bunda yer-xotinning birga yoki alohida yashashining ahamiyati yo'q. Bolaning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi unda nomlari ko'rsatilgan ota-onadan yoki onadan tug'ilganligiga dalildir, Ona tibbiyot muassasida bolaning shu onadan tug'ilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi. Ota, erkakning bolaning onasi bilan nikohda turganligi dalili aniqlanadi. Bolaning onasi bilan nikohda turmagan otaning otalik huquqi ota va onaning birgalikda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida arizalari bilan yohud yer va xotindan birining arizasiga binoan sud taribida belgilanadi. Ota-onalarning yozma qaydi ota yoki ona sifatida yozib qo'yilgan shaxs yohud bolaning haqiqiy otasi yoki onasining talabi bilan faqat sud tartibida rad etilishi mumkin. Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Mobodo bolaning ota-onasi turli familiyalarda bo'lsa, o'zaro kelishuvga ko'ra, bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi. Oila huquqining manbasi: - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; - 1998 yil 30 aprelda qabul qilinib, 1998 yil 1 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.66 MB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.66 MB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga