Oila huquqi fanining predmeti va vazifalari Reja: 1. Oila huquqi tushunchasi predmeti va vazifalari. 2. Oila huquqining boshqa fanlar bilan munosabati. 3. Oila huquqi tizimi. Oila huquqi tushunchasi, predmeti va vazifalari O'zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirishga kirishdi. Respublikada 23 milliondan ortiq aholi yashaydi. Shulardan 52 foizini xotin-qizlar tashkil qiladi. hozir aholining 48 foizini 18 yoshgacha bo'lgan yigit-qizlar tashkil etadi. O'zbekistonda 3,5 million oila mavjud. Har yili 234 ming yosh oila vujudga kelib, 710 ming bola tug'ilmoqda. Respublikada oila tarkibi o'rtacha 5, 6 kishidan iborat. O'zbekistonda har bir oila va har bir insonning turmush farovonligini, fuqarolar totuvligini mustahkamlashga qaratilgan dasturiy maqsadlarga asoslanib ish olib bormoqda. O'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'ninchi sessiyasida O'zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov bunday dedi: Eng muhim vazifa - xalqchil adolatparvar jamiyatni vujudga keltirish. Bu jamiyat poydevorini, eng avvalo boy va badavlat, mehnat qadrini biladigan, ma'naviy sog'lom va madaniy saviyasi baland minglab va millionlab oilalar tashkil etadi. Ko'p bolalik - hozirgi o'zbek oilasining o'ziga xos xususiyatlaridandir. Davlat bunday oilalarga turli yo'llar bilan juda katta iqtisodiy va ijtimoiy yordam beradi. Bizda ko'p bolali oilalarning soni boshqa mintaqalardagiga nisbatan ancha ko'p. Rossiyada bir oilada 2-3 kishi yashasa, bizda 5-7 kishi yashaydi. Respublikada jami oilalarning 12 foizidan ko'prog'i besh va undan ortiq bolalidir, qishloq joylarda esa bu ko'rsatkich yigirma foizni tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 63- moddasida bunday deyiladi: Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega. Har bir oila, har bir mehnatkash tinch xotirjam va to'kin sochin yashasa, jumxuriyat ozod, boy bo'ladi, gullab yashnaydi. Oilaga g'amxo'rlik qilish, unga har taraflama moddiy yordam berish insonparvar demokratik huquqiy davlatning muhim vazifalaridan biridir. Prezident I.A.Karimov takidlaganidek: Oila - jamiyatning negizi. Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushunish mumkin va lozim. Bunda o'zaro hurmat va qattiq tartib bo'lmasa, oilaning barcha a'zolari o'z burchlarini ado etmasa, bir biriga nisbatan ezgulik bilan mehr - oqibat ko'rsatmasa yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi, o'zining ko'p asrlik mustahkam va ma'naviy tayanchlariga ega bo'ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning - tayanch ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. O'zbeklarning aksariyati o'zining shaxsiy farovonligi to'g'risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug'lari va yaqin odamlarining, qo'shnilarining omon esonligi to'g'risida g'amxo'rlik qilishni birinchi o'ringa qo'yadi. Bu esa oliy darajada ma'naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir. 1992 yil 23 iyuldan amalga kiritilgan O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risida gi qonunda ham ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.41 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.41 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:51 ]
Arxiv ichida: doc