Oila huquqi tushunchasi va uning asosiy qoidalari Reja: 1. nikohdan utish va uni bekor qilish 2. yer-xotinning shaxsiy va mulkiy huquqlari hamda burchlari 3. Ota-onalar bilan bolalar o'rtasidagi huquqiy munosabatlar Oila tushunchasi, oila va davlat, oila munosabatlari va huquq, huquqiy qobiliyat va oila, shaxsiy huquq va burchlar, karindosh-urugchilik, oila huquqi qoidalari. Oila uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot natijasidir, jamiyat tuzilishining obxektiv zarur, ajralmas kismidir. Ijtimoiy maxnoda oila odamlarning ijtimoiy jihatdan alohida uyushgan guruhlar, maxnaviy, xo'jalik, maishiy va boshqa turmush shartlari hamda manfaatlari bir xil bo'lgan shaxslar ittifoqidir. Oila eng muhim ijtimoiy vazifalarni: insonni yaratish, bolalarni tarbiyalash, odamlarni jismoniy va maxnaviy jihatdan kamol toptirish, ularni maxnaviy birlashtirish, birgalikda xo'jalik yuritishni taxminlash, o'zaro yordam ko'rsatish, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni taxminlash demografiya jarayonlarini yaxshilash vazifalarini bajaradi. Ayni oilada inson xarakterining asoslari, mehnatga, maxnaviy va madaniy, boyliklarga munosabat shakllanadi. Jamiyat mustahkam, maxnaviy va axloqiy jihatdan sog'lom oiladan g'oyatda manfaatdordir. Shu bois u oilani mustahkamlash, ijtimoiy vazifalarni bajarishda, bolalarni tarbiyalashda unga kumaklashish, badali oilalarning hamda kelin-kuyovlarning moddiy, uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash to'g'risida gamxurlik qilish yo'lini tutishi lozim. Oila bolalar to'g'risida ramxurlik qilishga, ona va bola manfaatlarini muhofaza etishga, onalikni ragbatlantirishga qaratilgan tadbirlar turkumini nazarda tutuvchi huquq oilaviy munosabatlarni mustahkamlashning muhim vositasi hisoblanadi. Oila davlat himoyasiga olingan bo'lib, konstitutsiyada exlon kilinadi. mehnatga, fuqarolarga, xo'jalik va moliyaviy ishlarga doir qonunlarda, ijtimoiy taxminot, sog'liqni saqlash , xalq taxlimi va xokazo masalalar xususidagi qonunlarda mazkur qoidalarga yanada aniklik kiritilgan. Bu urinda oila huquqi muhim ahamiyat kasb etadi. Oila huquqi erxotinlar, ota-onalar va bolalar, shuningdek oilaning boshqa axzolari o'rtasidagi shaxsiy va mul-kiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi huquqiy mexyorlar tizimi hisoblanadi. Ammo oilaviy munosabatlarning barchasi xam huquqi tomonidan tartibga solinmaydi. Bu munosabatlarning aksariyati axloqiy, ruhiy tusda bo'lib, o'z mohiyatiga ko'ra ularni huquq yo'li bilan tartibga solib bulmaydi. Masalan, yer-xotinni bir-birini sevishga huquqi mexyorlar vositasida majbur qilib bulmaydi. Birok xykyk oilada yuksak axloqiy vaziyat yaratilishiga erishishga, nikohlanganlar ittifoqini mustahkamlashga yordam bermogi lozim. Oila to'g'risidagi qonun davlat tomonidan izga solinishi talab kilinadigan munosabatlarni tartibga solib turadi. Bu qonun nikohdan utish tartibi va shartlarni belgilaydi; oilada yer-xotin o'rtasida, ota-onalar va bolalar, oilaning boshqa axzolari o'rtasida paydo buladigan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga solib turadi; boshqalarning bolalarini uziga bola qilib olish, vasiylikka olish, xomiilik qilish, bolalarni o'z tarbiyasiga olish munosabati bilan vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solib turadi; nikohni bekor qilish tartibi va shartlarini belgilaydi; fuqarolik holati to'g'risidagi hujjatlarni ruyxatdan o'tkazish tartibini belgilaydi. Shunday qilib, nikoh-oila munosabatlarining majmui oila huquqi shugullanishi lozim bo'lgan sohadir. Bu ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.86 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.86 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:51 ]
Arxiv ichida: doc