Oila huquqi tushunchasi, tamoyillari va manbalari

Oila huquqi tushunchasi, tamoyillari va manbalari

O'quvchilarga / Huquq
Oila huquqi tushunchasi, tamoyillari va manbalari - rasmi

Material tavsifi

Oila huquqi tushunchasi, tamoyillari va manbalari Reja: Oila huquqining predmeti, metodi va tamoyillari Oila huquqining manbalari Oila munosabatlarini huquqiy tartibga solish xususiyati Oila huquqida oila kategoriyasi Oila huquqining predmeti, metodi va tamoyillari. Oila huquqi - xususiy huquqning tarmog'i sifatida. Oila huquqining manbalari. Oila munosabatlarini huquqiy tartibga solish xususiyati. Oila huquqida oila kategoriyasi. Oila huquqining predmeti, metodi va tamoyillari Oila a'zolari o'rtasidagi munosabatlar axloq-odob va huquqiy qoidalar bilan tartibga solinadi. Shuning uchun ham oila huquqi huquqning mustaqil sohasi bo'lib, nikoh, qon-qarindoshlik, bolalarning nasl-nasabini belgilash, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish shakllaridan kelib chiqadigan munosabatlarni huquqiy tartibga soladi. Oila huquqi - bu yer-xotin, qarindoshlar, ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) va bolalar o'rtasidagi shaxsiy nomulkiy va ular bilan bog'liq mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq tarmog'idir. Oila huquqi fuqarolik huquqi bilan chambarchas bog'liq bo'lish bilan birga, farq qiluvchi xususiyatlarga ham ega. Birinchidan, oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqiga xos bo'lmagan yuridik faktlar (nikoh, qarindoshlik, onalik, otalik, farzandlikka olish va hoka'zolar) asosida vujudga keladi, ikkinchidan, oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqidan farq qilib, ko'proq shaxsiy-huquqiy mohiyatga ega bo'ladi, uchinchidan, oilaviy huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari ularning o'zlarigagina tegishli huquq va majburiyatlardir. Oila huquqi normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlar - oila huquqi predmetidir. 1-sxema. Oila huquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlarning tuzilishi Shaxsiy va mulkiy oilaviy munosabatlar oila a'zolari huquqiy munosabatlarining asosini tashkil etadi. Shuning uchun oilaviy huquqiy normalarni sharhlashda tushunchalar bilan cheklanmasdan, oila huquqi normalariga yuridik ahamiyat berish lozim. Oila huquqi normalari, avvalo, nikohdan o'tish tartibi va shartlarini belgilaydi, yer-xotinlar o'rtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soladi, ota-onalar bilan bolalar o'rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtiradi. Shuningdek, oila huquqi normalari, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik bilan bog'liq ravishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladi hamda nikohning tugatilishi tartibi va shartlarini belgilab beradi. Oilaviy munosabatlar majmuyida shaxsiy nomulkiy munosabatlar ustundir. Chunki ular naslni davom ettirish va bolalarni tarbiyalash bilan bog'liqdir. Oila huquqi tashkiliy tusda bo'lgan nomulkiy munosabatlarni ham tartibga soladi. Bunday munosabatlar jumlasiga nikohga kirishish (Oila kodeksining 13, 17-moddalari), ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish (Oila kodeksining 149-moddasi) bilan bog'liq munosabatlar kiradi. 2-sxema. Oila kodeksi bo'yicha oilaviy-munosabatlarning turlari Oila huquqi predmeti doirasiga kiradigan munosabatlarni tartibga soluvchi vositalar, usul va uslublar majmuyi - oila huquqi metodidir. Oila huquqining metodi, ya'ni ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning oila huquqi tomonidan ta'sir etish usullari, avvalo, oila huquqida muayyan xulq-atvorda bo'lish talabini belgilaydigan imperativ normalarining ko'pligi bilan tavsiflanadi. Oila huquqi nikoh tuzish tartibi va shartlari, nikohning tugatilishi, nikohning haqiqiy emasligi, oilada yer va xotin o'rtasida, ota-ona bilan bolalar o'rtasida, oilaning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 71.18 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 71.18 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga