Oila huquqi

Oila huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Oila huquqi - rasmi

Material tavsifi

OILA HUQUQI 1.Oila-jamiyatning asosiy bo'g'ini, uni himoya qilish asoslari. 2.Oila huquqiy haqida tushuncha 3.nikoh to'zish shartlari va tartibi. 4.yer-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlar REJA Bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo etayotgan hozirgi davrda oilaning tutgan o'rni alohida ahami yatga ega. Oila-bu jamiyatning bir bo'lagi, kichik bir vatan, insoniy muhabbat ifodasi, insonni dunyoga keltiradigan maqon, ilk tarbiya uchogi, yurt boyligi va tayanchi, mehr-muhabbat ramzi. Bu barcha fuqarolardan o'z oilasini mustahkamlash, uning har bir a'zosini vatanparvar, davlatimiz uchun sidkidildan xizmat etuvchi, Sodiq farzand qilib tarbiyalashni talab qiladi. Oila - jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida vujudga keladigan ijtimoiy hodisa bo'lib, u muayayn ijtimoiy munosabatlarni o'zida aks ettiradi. Respublika Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek: Oila -bu jamiyatning asosi va boshlang'ich zarrachasidir. Oila farovonligi, bolalarni ma'naviy va jismoniy jihatdan sog'lom qilib tarbiyalash mamlakat boyligining va kuch - kudratining negizidir. Respublikamizda oilaning jamiyatdagi tutgan o'rni va ishtirokini yanada oshirish oilaning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy ma'naviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi. Ma'lumki, 1998yil oila yili deb e'lon qilindi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan Oila manfaatlarini ta'minlash borasida 1998 yilda amalga oshiriladigan tadbirlar borasida davlat dasturi tasdiqlandi. Shuningdek 1998 yil 2 fevraldagi qarori bilan Respublika Oila ilmiy - amaliy markazi tashkil etildi. Mustaqil O'zbekistonimiz 1995 yil 6 martda Onalikni muhofaza qilish to'g'risidagi Konvensiyaga kushildi. Oila-ayni vaqtda jamiyatning o'ziga xos ijtimoiy muassasasidir. Oila jamiyatning o'zviy qismi bo'lganligi uchun u qancha mustahkam bo'lsa, jamiyat ham shuncha mustahkam bo'ladi. O'zbek oilasining o'ziga xos birqator xususiyatlari mavjuddir: O'zbek oilasining o'zoq tarixiy o'zgarishlar natijasida shakllanib kelganligi; O'zbek oilasining aksariyat urf-oddatlari, marosim va an'analari islom qoidalariga va axloq normalariga asoslanganligi; O'zbek oilasi qadimiy tarixiy boy an'analarga ega ekanligi hamda buyuk insonlarni yetishtirganligi; oilaning ko'p bolali bo'lishga asoslanganligi; O'zbek oilasining mehmondustligi va bagrikengligi; O'zbek oilasining mehnatsevarligi; O'zbek oilasining zamonaviy ma'naviy va madaniyatga ega bo'lishi kabilar shular jumlasidandir. Oila jamiyat tomonidan muhofaza etiladi-deganda Respublikamizda faoliyat yurityotgan jamiyatlar va jamgarmalar tomonidan oilaga moddiy, hamda ma'naviy yordam berilishi tushuniladi. Davlat tomonidan oilalarga kun sayin g'amxo'rlik qilish unga har taraflama yordam berish insonparvar demokratik davlatning muhim vazifalaridan biriga aylangandir. Oilaning davlat muhofazasida ekanligi Respublikamiz Prezidentining farmonlarida o'z aksini topmokda. Prezidentning 1990 yil 3 maydagi birinchi Farmoni Ko'p bolali oilalarga nafaqa miqdorini ko'paytirish to'g'risida deb nomlangan edi. 1994 yil 16 iyuldagi Farmoniga ko'ra bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi sharoitda bolali onalarga davlat yo'li bilan yordam berilishini kuchaytirish, yosh avlodni tarbiyalash muommalarini hal etishda ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash va bolalarni har tomonlama kamol toptirish maqsadida 1994 yil 1 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 98.33 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:51 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 98.33 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga