Oila huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ayrim ishlarning taalluqliligi masalalari

Oila huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ayrim ishlarning taalluqliligi masalalari

O'quvchilarga / Huquq
Oila huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ayrim ishlarning taalluqliligi masalalari - rasmi

Material tavsifi

Oila huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ayrim ishlarning taalluqliligi masalalari Bizga ma'lumki, jamiyatda oila huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizoli va nizosiz ishlar fuqarolik ishlari bo'yicha sudlar faoliyati ish yurituvining asosiy qismini, ya'ni o'n yetti foizi atrofini tashkil qiladi. Binobarin bu oila munosabatlari bilan bog'liq ishlarning ko'p qismini, afsuski, nikohdan ajratish bilan bog'liq ishlardir. Oila huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar yoki nizolar deganda, avvalo nikohdan ajratish, aliment undirish, otalikni belgilash, ota-onalik huquqidan mahrum qilish, farzandlikka olishni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish va h.k. nizolar tushuniladi. Oila huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar yoki nizolar odatda oila huquqiy munosabatlarga doir ishlarni hal qilish vakolati vasiylik va homiylik o'z-o'zini boshqarish organlari va ular huzuridagi yarashtiruv komissiyalari, FHDYO hamda sud organlariga yuklatilgan. Ishning mazkur organlar vakolatiga taalluqli bo'lishini belgilovchi omillar (shartlar) sifatida ishning nizoli yoki nizosiz ekanligi, shuningdek ishni hal qilish vakolati qonun va boshqa tegishli qonun osti me'yoriy hujjatlarda aniq ko'rsatilganligi, nizolashuvchi subyektlar doirasi hamda berilayotgan talabning mazmuni muhim ahamiyat kasb etadi. Biz shu o'rinda nikohdan ajratish bilan bog'liq bo'lmagan boshqa oila huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlar yuzasidan bir muncha to'xtalamiz. O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksida aliment huquq va majburiyatlarining quyidagi turlari mavjud: ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga nisbatan aliment huquq va majburiyatlari; Ota-onaning voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga nisbatan aliment huquq va majburiyatlari; Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga nisbatan aliment huquq va majburiyatlari; Bolalar muassasalariga joylashtirilgan bolalarga nisbatan aliment huquq va majburiyatlari; Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o'z ota-onasiga nisbatan aliment huquq va majburiyatlari; Muomalaga layoqatsiz, yordamga muhtoj yer-xotinlar va sobiq yer-xotinlarning bir-birlariga nisbatan aliment huquq va majburiyatlari; Qarindoshlar va boshqa shaxslarning bir-birlariga nisbatan aliment huquq va majburiyatlari. Aliment majburiyatlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi. YA'ni: Aliment majburiyatlarini ixtiyoriy amalga oshirish; Aliment majburiyatlarini kelishuv yo'li bilan amalga oshirish; Aliment majburiyatlarini sud tomonidan majburiy tartibda amalga oshirish. Aliment majburiyatlarini yuqoridagi ixtiyoriy va kelishuv asosida amalga oshirish shakllari aliment to'lovchi bilan aliment oluvchi o'rtasidagi erkin, ixtiyoriy aliment to'lovlarini to'lash hisoblanadi. Aliment to'lashning kelishuv shakli - nikoh shartnomasi yoki alohida shartnoma asosida ixtiyoriy tarzda o'zaro kelishiladi. Kelishuv ota-onalarning o'zaro nikohda yoki nikohdan ajrashganlikdan qat'i nazar tuzilishi mumkin. Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv, sud yo'li bilan undirish huquqiga ega bo'lgan shaxslar o'rtasida, shuningdek bunday huquqqa ega bo'lmaganlar o'rtasida ham tuzilishi mumkin. Oila kodeksining 131-moddasiga ko'ra, aliment to'g'risidagi kelishuv yozma ravishda tuzilib, notarial tarzda tasdiqlanishi shart, chunki bunday kelishuv ijro varaqasiga tenglashtirilgan bo'lib, sud qarorlari hamda boshqa davlat organlari hujjatlarini ijro etish kabi amalga oshiriladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.82 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.82 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga