Oila qonunchiligining rivojlanish tarixi Reja: O'zbekistonda oila munosabatlarining tartibga solinishi Xorijiy mamlakatlar qonunchiligida oilaviy munosabatlarining tartibga solinishi O'zbekistonda oila munosabatlarining tartibga solinishi. Xorijiy mamlakat qonunchiligida oilaviy munosabatlarning tartibga solishi. O'zbekistonda oila munosabatlarining tartibga solinishi Nikoh va oila munosabatlari uzoq tarixga ega. Uning tarixi haqida so'z ketganda bevosita insoniyat tarixi, ijtimoiy hayot, urf-odat, an'analar, turmush tarzi bilan bog'liq bo'lganligini ta'kidlash o'rinli bo'ladi. Zardushtiylik dinining asoschisi va Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron hamda yaqin va O'rta Sharq, ayniqsa, Xorazm xalqlari ko'p asrlik ijodining mahsuli, bir qancha elatlarning ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-nafosat va axloqiy-ta'limiy qarashlarining vujudga kelishi va rivojlanish tarixini o'rganishda qimmatli manba bo'lgan. Avesto da insoniy burch faqat axloqiy yo'l-yo'riqlarni o'z-lashtirishdan iborat bo'libgina qolmay, balki inson oilaviy turmush, yaxshi yor va farzand to'g'risida ham o'ylashi zarurligi ta'kidlanadi. O'sha davrda erkaklar roppa-rosa 16 yoshida uylanib, bir nechta xotin olish huquqiga ega bo'lgan. Hamma vaqt birinchi xotin boshqalariga bosh bo'lgan. Avesto da qayd etilishicha, erkak kishi, avvalo, uylanish uchun moddiy va ma'naviy tomondan to'q va jismonan baquvvat bo'lishi lozim. Buning uchun o'z vaqtida ovqatlanishi zarur, aks holda erkak kishi o'z xizmat va axloqiy burchlarini bajara olmaydi. Yeb ichmaydigan insonning toat-ibodat qilishga kuchi bo'lmaydi, yer-xotinlik vazifasini ado etishga quvvati yetmaydi, bola tug'dira olmaydi (Yasna 33-bob). Avesto da qarindoshlarning o'zaro oila qurishi man etilgan. Qavm va urug' qonini toza, avlodni benuqson saqlash uchun shunday qilingan. Ko'p bolali oilalarga davlat hisobidan nafaqa tayinlash lozimligi qayd etilgan, bir yo'la 2-3 ta tuqqan ayollar mukofot olishga sazovor, deb uqtiriladi. Patriarxal oila Markaziy Osiyo xalqlarida oilaning eng dastlabki paytda tarixiy shakli hisoblangan. Bu oila, ayni paytda, jamiyatning asosiy ishlab chiqarish jamoasi ham bo'lgan. Shuning uchun oilaviy munosabatlarga, har bir oila a'zolarining xatti-harakatlariga alohida e'tibor berilgan. Markaziy Osiyoda patriarxal oila eramizdan oldingi birinchi ming yilliklarda vujudga kelgan. Uning eng rivojlangan davri eramizning birinchi asrlariga to'g'ri keladi. Oilaning bo'linib ketishi, o'rniga kichik-kichik oilalarning tarkib topishi eramizning birinchi ming yilligi o'rtalaridan boshlanadi va deyarli XX asrlargacha davom etgan. Kichik oilalarning vujudga kelishi bilan birga nikohning shart-sharoitlari ham o'zgarib boradi. Patriarxal oila amal qilgan davrda nikoh shartlari ancha qat'iy va cheklangan edi. Nikoh - bu erkak bilan ayol o'rtasidagi muayyan ittifoqi va bu ittifoqning jamiyat, davlat tomonidan tan olinishi va ma'qullanishining tarixiy shaklidir. Buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyning fikricha, bironta ham xalq nikohdan holi emasdir. Jamiyat nikoh vositasi bilan erkak va ayol o'rtasidagi tabiiy munosabatlarni tartibga solib turadi, yer-xotin, ota-ona va farzandlar o'rtasida axloqiy, huquqiy majburiyatlar o'rnatadi. Nikoh jinsiy ehtirosni maxfiylik pardasiga o'raydi, yer-xotin orasidagi tabiiy munosabatga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.93 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.93 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:51 ]
Arxiv ichida: doc