Oila va ommaviy axborot vositalarining konstitutsiyaviy maqomi Reja: 1. O'zbekistonda oilaning Konstitutsiyaviy maqomi 2. Ommaviy axborot vositalarining Konstitutsiyaviy - huquqiy maqomi O'zbekistonda oilaning konstitutsiyaviy maqomi O'zbekistonda oila haqida g'amxo'rlik konstitutsiyaviy yo'l bilan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining uchinchi bo'lim XIV bobi Oila deb nomlanib, unga to'rt modda - 63-66-moddalar bag'ishlangan. Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi, deyiladi Konstitutsiyaning 63-moddasida. O'zbekistonda 25 milliondan ortiq aholi yashaydi. Ayni paytda 4 million 800 mingga yaqin oila bo'lib, aholining 98 foizini ana shu oilalarning oila a'zolari tashkil etadi. Har yili 540-550 ming bola tug'ilmoqda. Aholini o'rta yoshi 70 yosh. Ayollar 72 yosh, erkaklar 68 yosh. Mamlakatimizda 5 milliondan ortiq tug'ish yoshidagi ayollar mavjud. Yiliga o'rta hisobda 170 ming yosh oila vujudga kelmoqda. O'zbekistonda har bir oila va har bir insonning turmush farovonligini oshirish, fuqarolar totuvligini mustahkamlash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Prezident I.A.Karimov bu boradagi vazifalari haqida gapirib: Eng muhim vazifa - xalqchil, adolatparvar jamiyatni vujudga keltirish. Bu jamiyat poydevorini, eng avvalo, boy va badavlat, mehnat qadrini biladigan, ma'naviy sog'lom hamda madaniy saviyasi baland minglab va millionlab oilalar tashkil etadi,-deb ta'kidlaydi. O'zbekiston Respublikasida oilaga jamiyat va davlat g'amxo'rligi kun sayin oshib bormoqda. Chunki katta-kichik jilg'alar va irmoqlardan ulkan daryo hosil bo'lgani kabi, oilalar majmuidan jamiyat paydo bo'ladi. Muayyan jamiyatning hayot tizimi, ong yuksakligi mana shu oilalar majmuining darajasiga bog'liq. Shunday ekan, jamiyatni rivojlantirish uchun barcha diqqat-e'tibor, eng avvalo, oilaga qaratilmog'i lozim. Har bir oila a'zosining jamiyatni tushunishi, hayot, mehnat, qonun va huquqni qay darajada anglashi va unga rioya qilishi jamiyat ravnaqini belgilovchi muhim omildir. Oilaning jamiyat tomonidan muhofaza qilinishi unga nisbatan g'amxo'rlikning yangi shakli hisoblanib, bunga alohida e'tibor berish kerak. Davlatning oila to'g'risidagi g'amxo'rligi katta hajmda uy-joy qurilishi, bolalar muassasalarining keng shoxobchalarini barpo etish va rivojlantirish, maishiy xizmat, bola tug'ilganda nafaqa to'lash, ko'p bolali oilalarga nafaqalar va imtiyozlar berish, shuningdek, oilaga nafaqa va yordam berishning boshqa turlarini rivojlantirish orqali namoyon bo'lmoqda. Oilani himoya qilishning konstitutsiyaviy qoidalari deganda, davlat organlarining onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilani mustahkamlash, oila a'zolarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilaviy munosabatlarga mas'uliyatsizlik bilan qarashga qarshi kurashish tushuniladi. Bu tadbirlar iqtisodiy, ma'naviy va huquqiy vositalar yoramida bejariladi. Davlat tomonidan oilaga kun sayin g'amxo'rlik qilish unga har taraflama moddiy yordam berish insonparvar demokratik huquqiy davlatning muhim vazifalaridan biridir. Respublikamiz Prezidentining Ko'p bolali oilalarga nafaqa miqdorini ko'paytirish to'g'risidagi 1990 yil birinchi farmoni oilaning davlat muhofazasida ekanligidan dalolatdir. Unda ko'p ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.01 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.01 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:51 ]
Arxiv ichida: doc