Oilaning boshqa a'zolariga xos aliment majburiyatlari Reja: 1. Voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga ta'minot berish 2. Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv 3. Alimentlarni to'lash va undirish tartibi Voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga ta'minot berish Oila qonunchiligida agar ota-onalar o'zlarining voyaga yetmagan bolalariga qonunda nazarda tutilgan sabablarga ko'ra moddiy ta'minot berishga qodir bo'lmasalar, voyaga yetmagan bolalarga, shuningdek, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj shaxslarga ta'minot berish majburiyati sud tomonidan ularning qarindoshlari: bobo, buvi, nevara, aka-uka, opa-singil, shuningdek o'gay ota va o'gay ona, o'gay o'g'il va o'gay qiz, doimiy tarbiyada bo'lgan shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Qonunda bobo va buvilar o'z nevaralariga, nevaralar esa voyaga yetgandan keyin o'z bobo va buvilariga, aka-uka va opa-singillar voyaga yetmagan, muhtoj aka-uka va opa-singillariga yordam berishlarining huquqiy asoslari belgilangan. Undan tashqari doimiy tarbiyada bo'lganlarning o'z tarbiyachilariga ta'minot berish majburiyatlari ham ko'rsatilgan. Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv (aliment miqdori, shartlari va to'lash tartibi) aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs bilan aliment oluvchi o'rtasida tuziladi. Agar aliment oluvchi muomalaga layoqatsiz bo'lsa, kelishuv qonuniy vakili bilan tuziladi. Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv taraflarning o'zaro roziligi bilan istalgan vaqtda o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv qanday shaklda tuzilgan bo'lsa, uni o'zgartirish yoki bekor qilish ham o'sha shaklda amalga oshiriladi. Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuvga binoan to'lanadigan alimentlarning miqdorini taraflar shu kelishuvda belgilaydilar. Aliment to'lovchi va aliment oluvchi taraflar uchun o'zlarining kelishuviga ko'ra, sud qarori bilan belgilanadigan aliment to'lash tartibi va vositalaridan farq qiladigan kengroq tartib va vositalarni tanlash imkoniyatini yaratadi. Alimentni oluvchi shaxs bilan kelishuv asosida uni oyma-oy, haftada yoki boshqa muddatlarda bir yo'la (masalan, bir yilda bir marta, yarim yilda yoki har kvartalda bir marta) amalga oshirishi mumkin. Aliment to'lash haqidagi kelishuvda alimentni to'lashning boshqa usullari (masalan. Moddiy yordam xizmati ko'rsatish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish shaklida) ham nazarda tutilishi mumkin. Alimentlarni to'lash va undirish tartibi Aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs alimentni ixtiyoriy ravishda shaxsan yoki o'z arizasiga muvofiq ishlab turgan joyida yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi mablag' olayotgan joyida to'lanadi. Ixtiyoriy tartibda to'lanayotgan aliment nafaqat bolalarga, qonun bilan belgilangan hollarda, yer-xotindan biriga, ota-onalarga, aka-uka, opa-singil va boshqa qarindoshlarga ham berilishi mumkin. Qonun voyaga yetmagan bolalarning manfaatlarini alohida himoya qiladi. Ixtiyoriy tartibda aliment to'lash haqidagi arizada ularga to'lash uchun belgilangan mablag' o'z miqdori jihatidan qonunda belganlangan miqdordan kam bo'lmasligi kerak. Aliment olish huquqiga ega bo'lgan shaxs, aliment talab qilish ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.67 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.67 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:51 ]
Arxiv ichida: doc