Oilaviy-huquqiy munosabatlar Reja: Oilaviy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va turlari Oila huquqida huquq va muomala layoqati Oilaviy-huquqiy munosabatlar subyektlari va obyektlari Oilaviy subyektiv huquq va majburiyatlar Oila huquqida qon-qarindoshlik, qayin-bo'yinchilik, quda-andachilik tushunchasi va ularning ahamiyati Oila huquqida da'vo muddati Oilaviy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va turlari. Oila huquqida huquq va muomala layoqati. Oilaviy-huquqiy munosabatlarning subyektlari va obyektlari. Oilaviy subyektiv huquq va majburiyatlar. Oilaviy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o'zgarishi va bekor bo'lish asoslari. Oila huquqida qon-qarindoshlik, qayin-bo'yinchilik va quda-andachilik tushunchasi hamda ularning ahamiyati. Oila huquqida da'vo muddati. Oilaviy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va turlari Ijtimoiy munosabat tizimida oila alohida o'rin tutadi. Oilaviy-huquqiy munosabatlar nikoh, qon-qarindoshlik aloqalari, huquq normalarida belgilangan o'zaro huquq va majburiyatlar bilan bog'langan shaxslar doirasida vujudga keladi. Inson tug'ilishi bilan boshqa kishilar muhitida bo'ladi va bir umr shu muhitda yashaydi. Bunda inson boshqa kishilar bilan turli xildagi munosabatlarda bo'ladi. Bu munosabatlar turlicha bo'lib, ular jumlasiga qarindoshlik, do'stlik, qo'shnichilik, vatanparvarlik, ruhiy, iqtisodiy, ishlab-chiqarish, haq evaziga va tekin, axloqiy, diniy, oilaviy munosabatlarni kiritish mumkin. Mazkur munosabatlarning bir qismi davlat tomonidan qonun yordamida tartibga solinganligi sababli ham, bu munosabat huquqiy munosabatlar hisoblanadi. Huquqiy munosabatlar o'z predmetining tabiatiga ko'ra turli huquq sohalari: konstitutsiyaviy, ma'muriy, fuqarolik, oila va shu kabi tarmoqlar normalari bilan tartibga solinadi. Nikoh tuzish, oilaning vujudga kelishi va amal qilishi, bolalarning tug'ilishi, ularning moddiy ta'minoti va tarbiyalanishi, tegishli muassasalarda joylashtirilishi faktlaridan kelib chiqadigan va qonun hujjatlari tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar - oilaviy-huquqiy munosabatlar deb nomlanadi. Oilaviy-huquqiy munosabatlar jamiyatda juda keng tarqalgan munosabatlardir. Oilaviy munosabatlar muayyan hollarda odob-axloq qoidalari bilan ham tartibga solinadi. Oilaviy-huquqiy munosabatlar nikoh va oila doirasidagi aniq ijtimoiy munosabatlarni oila qonunchiligi nuqtayi nazaridan tatbiq etishdir. Oilaviy-huquqiy munosabatlar davomli huquqiy munosabatlar hisoblanadi. Bu xususiyat huquqiy munosabatning maqsadlari bilan belgilanadi. Nikoh tuzishdan maqsad oila qurish bo'lib, u yer-xotinning butun umri davomida birga yashashiga mo'ljallanadi. Ota-onalik huquqiy munosabati bolalarning tarbiyasi va ta'minotiga qaratiladi. Farzandlikka olish, vasiylik, homiylik va boshqa huquqiy munosabatlar ko'p xususiyatlari bilan bir-biriga o'xshab ketadi. Bunday huquqiy munosabatlarda qo'yilgan maqsadlarga uzoq muddat davomida erishish mumkin. Oilaviy-huquqiy munosabatlar muddatsiz bo'ladi. yer-xotinning huquq va majburiyatlari, nikohdan ajralish holatini hisobga olmaganda, bir umr davom etadi. Ayni paytda shunday oilaviy-huquqiy munosabatlar ham mavjudki, ular ma'lum muddat bilan cheklanadi, biroq belgilangan davrgacha albatta davom etadi. Masalan, ota-onalarning o'z bolalarini tarbiyalash majburiyatlari farzand 18 yoshga to'lganiga qadar davom etadi. Amaldagi qonunchilik oilaviy-huquqiy munosabatlarni huquqiy munosabatlarning maxsus alohida turi deb hisoblab, uning fuqarolik-huquqiy munosabatlardan farq qilishini ko'rsatadi. To'g'ri, oilaviy-huquqiy munosabatlar o'zining ba'zi bir belgilari bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga o'xshab ketadi. Biroq bu o'xshashlik faqat tashqi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
59.43 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
59.43 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:51 ]
Arxiv ichida: doc