Oilaviy huquqiy munosabatlar

Oilaviy huquqiy munosabatlar

O'quvchilarga / Huquq
Oilaviy huquqiy munosabatlar - rasmi

Material tavsifi

Oilaviy huquqiy munosabatlar Reja: 1. Rim oilasi tushunchasi. 2. Agnatlar va kognatlar qarindoshchiligi. 3. Nikoh tushunchasi. 4. yer va xotinlar o'rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlar. 5. Ota hukmronligi instituti. 6. Vasiylik va homiylik. Qadimgi Rim jamiyatida oila davlat yacheykasidan iborat bo'lgan uy-xo'jaligini boshqaruvchisi, ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qullar, vasiylik yoki homiylikda bo'lgan shaxslarning jamoasi bo'lib hisoblangan. Rim davlatining oilasi oila boshlig'i (paterfamilias)ning chegaralanmagan dastlabki davrda esa mutlaq huquqlarga, hokimiyatga (manus)ga ega bo'lganligi asosida, yani o'z bolalari, nevaralari, chevaralari, xotini ustidan va uydagi (yani xo'jalikdagi) bo'lgan shaxslarning barchasi ustidan amalga oshiruvchi hukmronligiga tushunilgan. Rim oilasining o'ziga xos xususiyatlaridan biri oila dastlab agnat usulida vujudga kelgan, yani ular qonqarindoshlik munosabatlari asosida emas, balki buysunish va hukmronlik, boshqaruv munosabatlarini birinchi o'ringa qo'yib tuzilgan oilalardan iborat bo'lgan. Agnatlar oilasi deb, oila boshlig'ining o'z oilasidagi bolalari, xotini, xo'jaligi, qullari va ularning oilalari hamda shu oila xo'jaligida yashovchi barcha shaxslarning jamoasiga aytilgan. Qadimgi Rim jamiyatida oila boshlig'ining huquqi chegaralanmagan. U o'zining oila a'zolarini sotish, qarzni to'lash uchun uni qarz olgan shaxsga, qarzni to'lash uchun ishlab berish, xizmat ko'rsatish, xatto xotinini (xotini o'zining qizi qanday vakolatlarga ega bo'lsa, shunday huquqlarga ega bo'lgan) majburiyatni bajarish nuqtai nazaridan kelib chiqib, uni malum bir muddatga boshqa shaxsga xizmat ko'rsatish uchun berib yuborish huquqiga ega edi. U o'z bolalarini o'ldirish, ayniqsa voyaga etgan o'g'lini uch martagacha sotish va qizini va kichik ukalarini, nevaralarini bir marta sotib yuborish huquqlariga ega bo'lgan. O'g'illari yoki oilada yashovchi boshqa shaxslar tomonidan shartnomalar tuzilgan bo'lsa, bu shartnomalardan kelib chiqadigan foydalar otaga va zarar yetkazish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar bo'lsa, ota uning uchun javobgarlikni bo'yniga olmagan. Ota yoki uy boshqaruvchisi hukmronligi ostidagi shaxslarning huquqiy holati ota yoki oila boshlig'iing o'lishi, yoki oila boshlig'ining erki, roziligi asosida ularga ozodlik berish munosabatlari asosida o'zgargan. Paterfamiliasning o'limi ota hukmronligi institutining barham topishiga olib kelgan. Rim davlatidagi vujudga kelgan oilalar dastlab ibtidoiy jamoa tizimining xususiyatlarini o'zida ifodalab, jamoa xarakteriga mos kelib urug'chilik (urug') tizimi bilan bog'liq bo'lgan. Rim jamiyatining rivojlanishi natijasida, ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiy etishi, ota hukmronligi ostida bo'lgan shaxslarning xususiy huquqlarini tan olish zaruriyatlari kelib chiqa boshladi, natijada ota hukmronligi instituti dastlabki hokimiyat bilan bog'liq bo'lgan mohiyatini yo'qota boshlaydi va agnatlar oilasining o'rniga qon-qarindoshlik bilan, bog'liq bo'lgan kognatlar urug'lari vujudga keladilar. Ushbu mavzuni o'rganishda quyidagilarga etibor berish lozim: - ota hukmronligining chegaralanmaganligi va paterfamilesni to'liq tushunish; - patriarxal oilaning yo'qolib borishi natijasida ota hokimiyatining mutloq hukumronligini chegaralanishi asoslariga etibor berish; - uy boshqaruvchisi hukmronligining xotiniga va bolalariga bo'lgan munosabatlariga; - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.8 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.8 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga