Oktabr to'ntarishidan so'ng O'zbekiston hududida davlat va huquq Reja: XX asr boshlarida O'rta Osiyo hududida davlat va huquq TASSRning tashkil topishi va uning siyosiy tuzumi. Xorazm Xalq Sovet Respublikasining siyosiy tuzumi XX asr boshlarida O'rta Osiyo hududida davlat va huquq Chor Rossiyasida 1917-yilda yuz bergan fevral inqilobi va oktabr davlat to'ntarishlari yangi hokimiyatni vujudga keltirdi. Oktabr oyida sotsialistik to'ntarishning amalga oshirilishi va sovetlar hokimiyatining o'rnatilishi chekka o'lkalardagi norozilik harakatlarining yanada kuchayishiga sabab bo'ldi. Inqilobdan so'ng Turkistonda hokimiyatga da'vogarlik qilganlarni uch guruhga bo'lish mumkin: 1) Rossiya muvaqqat hukumatining Turkistondagi siyosiy vakili; 2) inqilobdan so'ng tashkil etilgan milliy-siyosiy kuchlar («Sho'roi-islomiya» va boshq.); 3) o'lka Sovetiga birlashgan barqaror bo'lmagan boshqa kuchlar. Bu vaziyatda, bir tomondan, milliy tashkilotlarning mavqei kuchli bo'lgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, ular hali bolsheviklar kabi yo'lboshchilik darajasiga ko'tarila olmagan edi. Shunga qaramasdan, ular hokimiyat tizimida o'zlarining ma'lum o'rinlari bo'lishiga da'vogarlik qilardi. Lekin, butun hokimiyatni qo'lga olishga botina olmaganlar. Shuni ta'kidlash lozimki, Muvaqqat hukumat va uning Turkistondagi qo'mitasi aholi o'rtasida muayyan obro' orttirishga erishdi. «Markaziy Sho'roi Islomiya» tashabbusi bilan 1917-yilning 26-noyabrida Turkiston o'lkasi musulmonlarining IV qurultoyi Qo'qon shahrida o'z ishini boshladi. Unda Turkiston o'lkasining barcha mintaqalaridan va turli tashkilotlardan jamiyatning alohida tabaqalari manfaatlarini, irodasini aks ettiruvchi turli millatlar vakillari qatnashdilar. Sho'roi islomiya, Sho'roi ulamo, Musulmon harbiylari kengashi, O'lka yahudiylari, Buxoro yahudiylar jamiyati va boshqalar shular jumlasidandir. Delegatlar kelishib bo'lajak davlatni «Turkiston muxtoriyati» deb atashga qaror qildilar. Butun o'lka Ta'sis majlisida uzil-kesil davlat tashkil etilishi ta'kidlanib, Muvaqqat kengash tuzildi. Qurultoy tomonidan ishlab chiqilgan rezolyutsiyada Turkiston o'lkasida yashovchi barcha millatlarning o'z taqdirini o'zi hal qilish huquqi belgilanib, Turkiston - Rossiya federativ-demokratik Respublikasi tarkibidagi hududiy-muxtor Respublika deb e'lon qilindi. Turkiston Ta'sis majlisiga Turkiston muxtoriyati shaklini belgilash huquqi berildi. O'lkani boshqarish va uning tuzilishi bo'yicha quyidagilar taklif etildi: 1) Muxtoriyatning Oliy organi - Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi; 2) Ta'sis majlisiga saylovning o'ziga xos (proporsional) alohida tizimini yo'lga qo'yish; 3) Muxtoriyatning oliy organlariga Rossiya vakillari va aksincha, Rossiya oliy organlariga muxtoriyat vakillaridan kiritish hamda Turkiston Muxtoriyati qonunlari Rossiya Federatsiyasi qonunlari hamda shariat normalari asosida qabul qilinishi taklif etilgan; 4) Turkiston Muxtoriyati o'zining qurolli kuchlari, militsiyasi, prokuraturasiga ega bo'lishi, qarshi tashqi tajovuz sodir bo'lgan taqdirda o'z o'zidan Rossiya harbiy qo'mondonligi ixtiyoriga o'tish va boshq. Xalq komissarlari sovetining butun hokimiyatini Turkiston muvaqqat hukumati qo'liga to'laligicha topshirish talabi o'lkada yakka hokimiyat o'rnatmoqchi bo'lgan bolsheviklarni jiddiy sarosimaga solib qo'ydi. Shu boisdan ular Turkiston muxtoriyatini yo'q qilish maqsadida harbiy tajovuzni ishga solishga qaror qildi. O'zbek xalqining mustaqillik uchun kurash tarixida 1918-yildan 1930-yillarning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.5 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.5 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:51 ]
Arxiv ichida: doc