O'lim jazosi bekor qilinishi - sud-huquq islohotlarining pirovard natijasi

O'lim jazosi bekor qilinishi - sud-huquq islohotlarining pirovard natijasi

O'quvchilarga / Huquq
O'lim jazosi bekor qilinishi - sud-huquq islohotlarining pirovard natijasi - rasmi

Material tavsifi

O'lim jazosi bekor qilinishi - sud-huquq islohotlarining pirovard natijasi 1992 yilda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinib, unga asosan inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa huquqlari oliy qadriyat deb e'lon qilindi. Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi ekanligi va inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyat deb belgilandi. Inson va fuqaroning asosiy huquq va erkinliklari tizimida yashash huquqi, nafaqat mazkur huquqning har kimga tug'ilganidan boshlab tegishliligi va ajralmas ekanligi, balki insonning Konstitutsiyada berilgan va kafolatlangan hamda qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar tomonidan himoya qilinadigan barcha mavjud huquq va erkinliklarga ega bo'lishining dastlabki sharti va garovi hisoblanadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 3-moddasida har bir inson yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi belgilab qo'yilgan. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi Paktning 6-moddasi 1-bandida bunga keng ta'rif beriladi: «Har bir insonning yashash huquqi uning ajralmas huquqidir. Bu huquq qonun bilan muhofaza etiladi. Hech kim o'zboshimchalik bilan insonni yashash huquqidan mahrum qila olmaydi». Yangi Konstitutsiyamiz asosida ishlab chiqilib, 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan va 1995 yil 1 aprelda kuchga kirgan Jinoyat kodeksi insonning yashash huquqini himoyalash sohasida o'ziga xos o'rin tutib, yashash huquqini himoya qilish choralaridan iborat tizimni tashkil etadi. Jinoyat kodeksi Maxsus qismidagi normalarning 26% muayyan darajada fuqarolar hayotiga tajovuz qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutishini ta'kidlash bizningcha yetarli. Jabrlanuvchining u yoki bu biologik xususiyatlari va ijtimoiy sifatlaridan qat'i nazar, fuqarolar hayoti jinoyat qonunlari bilan muhofazalanadi. Chunonchi, xoh go'dak, xoh qariya, xoh jismonan sog'lom, xoh nogiron, xoh ruhiy noraso bo'lsin, umuman, barchasining hayotini muhofazalashga qaratilgan. Amaldagi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining 13 ta moddasida o'lim jazosi qoldirildi, xolos. Bu holat endigina mustaqil bo'lgan va o'z xavfsizligini ta'minlashga harakat qilayotgan Respublikaning ehtiyojlariga mos kelar edi, albatta. O'tgan o'n yildan ortiqroq vaqt mobaynida o'lim jazosi qo'llanilishi mumkin bo'lgan jinoyatlar tarkibi 33 tadan 2 tagacha qisqartirildi, ya'ni faqat terrorchilik va og'irlashtiruvchi vaziyatlarda qasddan odam o'ldirganlik uchungina o'lim jazosi berilishi ko'zda tutilgan edi. 2008 yil 1 yanvardan bu 2 ta jinoyat uchun o'lim jazosi bekor qilindi va uning o'rniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi. Vaholanki, yaqin o'tmishda O'zbekistonda o'lim jazosi nafaqat bir qancha davlatga qarshi va harbiy jinoyatlar, shaxsga qarshi o'ta og'ir jinoyatlar uchun, balki davlat va jamoat mol-mulkini juda ko'p miqdorda talon-toroj qilganlik, mas'ul mansabdor shaxsning pora olishi yoki juda ko'p miqdorda pora olish, shuningdek, ayrim boshqa jinoyatlar uchun ham nazarda tutilgan edi. Birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998 yil 29 avgustida bo'lib o'tgan o'n ikkinchi sessiyasida o'lim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.27 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.27 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga