O'lim jazosi bekor qilinishi inson huquqlari va erkinliklarini huquqiy himoya qilishning muhim bosqichi Malumki, inson huquqlari eng oliy qadriyat bo'lib hisoblanadi. Shu bois, davlatimiz o'z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab amalga oshirilayotganligi har bir yo'nalish bo'yicha islohotlarning ustuvor vazifasi sifatida qaralayotganligidan dalolat bermoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov etirof etganidek, inson huquqlarining davlat manfaatlaridan, umumetirof etilgan xalqaro huquq normalarining esa milliy huquqiy me'yorlardan ustunligi ham Konstitutsiyada muhrlab qo'yildi. Asosiy Qonunning 13-moddasida belgilanishicha, O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamdagi yangilanish va o'zgarishlar jarayoni har sohada, shu jumladan, sud - huquq islohotlari o'zining ijobiy natijalarini ko'rsatib, xalqimizning va xalqaro hamjamiyatning yuksak etirofiga sazovor bo'lmoqda. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir hamda shu bilan birga inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyatdirdeb belgilab qo'yilgan huquqiy norma muhim ahamiyatga egadir. Respublikamizda olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining muhim va tarihiy bosqichi, shubhasiz, o'lim jazosining jinoiy jazo tizimidan olib tashlanishi hamda qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarning vakolatiga kiritilishi bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasida davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi deb belgilangan. O'zbekiston Renspublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan jazo tizimidagi o'lim jazosi tarixiga nazar soladigan bo'lsak, Mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda Jinoyat kodeksining 30 dan ortiq moddalarida o'lim jazosi mavjud edi. Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab davlatimiz rahbarining say-harakatlari bilan Jinoyat kodeksining sanksiyasida o'lim jazosi belgilangan moddalar soni bosqichma-bosqich qisqartirildi. Jinoyat kodeksida 1994 yildan bunday moddalar soni 13 taga, 1998 yildan 8 taga, 2001 yildan 4 taga keltirildi. 2003 yilning oxirida ushbu jazo turi 2 ta jinoyat - aybni og'irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o'ldirish va terrorizm uchun qoldirildi. Mamlakatimizda o'lim jazosini bekor qilish masalasiga ijobiy hal qilinishi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurayotgan O'zbekiston Respublikasining nafaqat mintaqada, balki xalqaro hamjamiyatda inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilinishi hamda uni real hayotda amalga oshirishga huquqiy shart-sharoitlar yaratish borasida obro'si va nufuzining oshishiga xizmat qilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining ja'zolar tizimini nazarda tutuvchi 43-moddasi birinchi qismidan o'lim jazosi chiqarilib, uning o'rniga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritildi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi jinoyat qonunchiligimizda yangi jazo turi bo'lib, mahkumni muddatsiz jamiyatdan ajratishni, uni maxsus tartibli koloniyada joylashtirishni nazarda tutilgan. Qonun bo'yicha faqat ikki turdagi o'ta og'ir jinoyat uchun, yani javobgarlikni og'irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o'ldirish va terrorizm jinoyati uchun umrbod ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.57 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.57 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: doc