O'lim jazosini bekor qilish bosqichlari

O'lim jazosini bekor qilish bosqichlari

O'quvchilarga / Huquq
O'lim jazosini bekor qilish bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

O'lim jazosini bekor qilish bosqichlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasiga ko'ra yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyatdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2005 yil 28 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir nomli ma'ruzasida islohotlar jarayoniga bevosita bog'liq ustuvor vazifalarni beshta yo'nalishda amalga oshirish zarurligini ta'kidlar ekan, har bir yo'nalishda yechimini topishi lozim bo'lgan dolzarb masalalar yuzasidan dasturiy g'oyalarni bayon qildi. Boshqa sohalarda izchil davom etayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish jarayonida sud-huquq tizimini isloh qilishni yanada liberallashtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, Sud - huquq tizimini isloh qilish bo'yicha amalga oshirilgan ijobiy ishlarni qayd etish bilan birga, bu sohada hali yechimini kutib turgan jiddiy muammolar bor. Chunonchi, ushbu sohadagi hal etilishi lozim bo'lgan masalalardan biri - bu jazo tizimidan o'lim jazosini chiqarib tashlash ekanligi, shuningdek, o'lim jazosiga moratoriy qo'llash emas, balki uni butunlay bekor qilish lozimligi ta'kidlandi. O'lim jazosi - davlat tomonidan, qonunga muvofiq, sud hukmi bilan insonni hayotdan mahrum qilishdan iboratdir. Mutaxassislarning fikricha, o'lim jazosining kelib chiqish sabablarini odamlarning yoki oilalarning bir-biridan qasos olish odatidan izlash lozim. Dastlabki davrlarda odamlar o'rtasida qasos olish odati paydo bo'lgan bo'lsa, keyinchalik oila. Institutining paydo bo'lishi ushbu funksiyaning oilaga o'tishiga olib keldi. Lekin qasos olish vazifasi oilada ham ko'p saqlanib qolmadi. Chunki davlat paydo bo'lib, o'lim jazosi faqat davlatning vakolatiga aylandi. O'lim jazosining qadimda va o'rta asrlarda mavjud bo'lgan juda ko'p turi hozirga kelib o'ntagacha qisqardi. Hozirgi dunyoda o'lim jazosining eng ko'p tarqalgan turlari: otib o'ldirish va osib o'ldirish, ulardan keyin elektr stulida va inyeksiya qilib o'ldirish, shuningdek, gaz kamerasida o'ldirish va boshini tanasidan judo qilish turlari hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi 1991 yil sentabrda o'z mustaqilligini e'lon qildi. Lekin endigina mustaqillikka erishgan vatanimizda asosan eski sovet mafkurasiga asoslangan va u bilan yo'g'rilgan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonunlar meros qolib, hamon amal qilmoqda edi. Hech kimga sir emaski, sobiq SSR davlati tarkibidagi O'zbekiston SSR jinoyat qonunlarining 33-moddasidagi jinoyatlar uchun o'lim jazosi qo'llanilishi moddalarning sanksiyalarida berilgan edi. Hattoki, O'zbekiston SSR jinoyat kodeksining 1191-moddasida, ya'in davlat yoki jamoat mulkini juda ko'p miqdorda talon-toroj qilganligi uchun mol-mulkini musodara qilib, o'n yildan o'n besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan yoki mol-mulkini musodara qilib, o'lim jazosi bilan jazolanadi deyilgan edi. Bunday holat Jinoyat kodeksiga sharhlarda shunday izohlangan edi: Bu jinoyatning eng muhim belgisi juda ko'p miqdor har bir ish holatlarini aniqlash va hisobga olish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.59 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.59 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga