O'lim jazosining bekor qilinishi - demokratiyaning o'ziga xosligi

O'lim jazosining bekor qilinishi - demokratiyaning o'ziga xosligi

O'quvchilarga / Huquq
O'lim jazosining bekor qilinishi - demokratiyaning o'ziga xosligi - rasmi

Material tavsifi

O'lim jazosining bekor qilinishi - demokratiyaning o'ziga xosligi O'zbekiston o'z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq sud-huquq tizimini isloh etilishi, jinoiy ja'zolar tizimini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi, ayniqsa, o'ta og'ir jinoyatlar jumlasiga kiritiluvchi jinoyatlar ro'yxatini kamaytirilishi, sodir etilgan jinoyatlar uchun aybdorlarga nisbatan shaxsni jamiyatdan ajratish bilan bog'liq bo'lmagan muqobil jazo turlarini tayinlanishi, yarashuv institutini joriy etilishi o'zining ijobiy natijalarini bermoqda. Shuningdek, jinoiy ja'zolar tizimidan o'lim jazosini chiqarib tashlash borasida olib borilayotgan huquqiy islohotlar amaldagi qonunchiligimizni tobora insonparvarlik tamoyillarini o'zida mustahkamlab, insonni oliy qadriyat darajasiga ko'tarilib borayotganidan dalolat beradi. Olingan ma'lumotalarga ko'ra, o'lim jazosini bekor qilishni nazarda tutuvchi xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilayotgan davlatlarning soni ortib bormoqda. BMT ning ma'lumotiga ko'ra, 1989 yil va 1995 yillar oralig'ida dunyoning 25 davlatida o'lim jazosi rasman bekor qilingan. 14 davlatda jumladan, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Isroil, Kanada, Kipr, Meksika, Nepalda o'lim jazosi faqatgina favqulodda holatlardagi qo'llanilishi mumkinligi belgilangan. 30 davlatda esa jinoyat qonunchiligida o'lim jazosini saqlagan holda, uni amalda qo'llamay kelmoqdalar (masalan, Belgiya, Chili, Kongo, Gvatemala, Turkiya). Hozirgi paytda dunyodagi 83 mamlakatda, jumladan, AQSHning qator shtatlarida, Xitoy, Afrika hamda qator Yevropadavlatlari jinoyat qonunchiligida o'lim jazosi jinoiy jazo tariqasida mavjud. 2005 yilning 1 avgustida yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan «O'zbekiston Respublikasida o'lim jazosini bekor qilish to'g'risida»gi Farmonning chiqarilishi mamlakatimiz sud-huquq tizimidagi ham ijtimoiy, ham siyosiy ahamiyatga molik bo'lgan voqealardan biri bo'ldi. Mustaqil O'zbekistonimiz ayrim davlatlar asrlar davomida uddalay olmagan, o'lim jazosini bekor qilish borasidagi ishni, tarix sahifasi uchun juda ham oz fursat hisoblangan 16 yil ichida amalga oshira bildi. O'zbekistonda o'lim jazosining bekor qilinishi ayni vaqtda bu ijobiy o'zgarishlar mamlakatimiz qonunlariga, shu jumladan, jinoyat-ijroiya qonunchiligida mavjud bo'lgan jinoiy ja'zolarning ijro etish tartibi va shartlariga o'zgartirishlar kiritib, ularni yanada xalqaro huquq me'yorlari hamda standartlariga mos va xos bo'lishini ta'minlamoqda. Mamlakat Prezidenti tashabbuslari bilan o'lim jazosini bekor qilinishi nafaqat jazo tizimida va jinoyat-ijroiya siyosatidagi ijobiy o'zgarishlardan biri bo'lib qolmasdan, balki Birlashgan Millatlar tashkilotining Fuqarolik va siyosiy huquqlar bo'yicha konvensiyasi va Inson huquqlari bo'yicha Yevropakonvensiyasining «o'lim jazosini har bir insonning yashash huquqiga zid deb hisoblovchi prinsiplariga mos kelishi bilan ham xarakterlidir. O'lim jazosining qo'llanilishi yoki qo'llanilmasligi muammosi inson huquqlarining xalqaro miqyosdagi himoyasi bilan uzviy bog'liqdir. Shu boisdan o'lim jazosini bekor qilish to'g'risida bir necha xalqaro hujjatlar qabul qilingan. Bunday hujjatlar qatoriga «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Pakt»ga ikkinchi fakultativ Bayonnomani (1989 yil), YevropaIttifoqi tomonidan 1983 yilda qabul qilingan «Inson huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi Yevropakonvensiyasi» ga oltinchi Bayonnomani kiritishimiz mumkin. Bulardan tashqari, so'nggi yillarda BMT tomonidan ham o'lim jazosini bekor qilish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.64 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.64 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga