O'lim jazosining bekor qilinishi - inson huquq va erkinliklari ustuvorligini ta'minlashning muhim omili Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 3-moddasida har bir inson yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi belgilab qo'yilgan. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi Paktning 6-moddasi 1-bandida bunga keng ta'rif beriladi: «Har bir insonning yashash huquqi uning ajralmas huquqidir. Bu huquq qonun bilan muhofaza etiladi. Hech kim o'zboshimchalik bilan insonni yashash huquqidan mahrum qila olmaydi». Shu bois mamlakatimizda 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab o'lim jazosining bekor qilinishi Prezidentimiz ta'kidlaganidek, xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy kutib olindi va butun dunyoda aks-sado berdi. Qonunchilikka kiritilgan o'zgartirishlarga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining jazo tizimida nazarda tutilgan 43-moddasi birinchi qismining z bandidagi o'lim jazosi degan so'zlar umrbod ozodlikdan mahrum qilish degan so'zlar bilan almashtirildi. Mazkur o'rinda jahon amaliyotida umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosining qonunda belgilanishiga nisbatan turlicha yondashuvlar shakllanganligini ta'kidlash joiz. Jumladan, ba'zi davlatlarda (Rossiya, Belarus, Moldova, Gruziya, Ozarbayjon, Xitoy, Fransiya, Polsha va h.k.) umrbod ozodlikdan mahrum qilish mustaqil jazo turi sifatida jinoyat qonunida jazo tizimida nazarda tutilgan bo'lsa, boshqa bir davlatlarda (Yaponiya, Koreya, Germaniya, Shvetsiya, Daniya, AQSH, Qozog'iston va h.k.) ozodlikdan mahrum qilish jazosining turi sifatida qaraladi va tegishli normalar jazo tizimida belgilanmasdan, balki ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan moddada mustahkamlangan. Mamlakatimizda esa o'lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jinoyat qonunida jazo tizimida mustaqil jazo turi sifatida nazarda tutildi. Shundan kelib chiqib, Jinoyat kodeksining yangi tahrirda berilgan 51-moddasida ushbu jazoning tushunchasi berildi. Unga binoan, umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo'lib, mahkumni maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddatsiz ajratib qo'yishdan iboratdir. Qonun bo'yicha faqat ikki turdagi o'ta og'ir jinoyat uchun, ya'ni javobgarlikni og'irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o'ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) jinoyati uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutildi, xolos. Xorijiy amaliyot shuni ko'rsatadiki, ba'zi davlatlarda umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi yuqorida ko'rsatilgan o'ta og'ir jinoyatlardan tashqari, agressiya, genotsid, davlatning xafvsizligiga qarshi jinoyatlar, josuslik, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish, nomusga tegish, mulkni nobud qilish, bosqinchilik va boshqa jinoyatlarni sodir qilganlik uchun ham tayinlanadi. Masalan, Rossiyada 6 turdagi, Germaniyada 7 ta, Yaponiyada 9 ta, Daniyada 10 ta, Belgiyada 11 ta, Shvetsiyada 13 ta, Belarusda 14 ta, Ozarbayjonda 16 ta, Qozog'istonda 17 ta, Fransiyada 18 ta, Koreyada 19 ta, Moldovada 24 ta va Xitoyda 66 turdagi o'ta og'ir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi. Qonun bo'yicha Jinoyat kodeksining 51, 58, 64, 69-moddalariga kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalarga binoan insonparvarlik tamoyilidan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.36 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.36 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: doc