Oliy harbiy bilim yurtlari kursantlarining ofitserlar bilan munosabatining psixologik asoslari

Oliy harbiy bilim yurtlari kursantlarining ofitserlar bilan munosabatining psixologik asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Oliy harbiy bilim yurtlari kursantlarining ofitserlar bilan munosabatining psixologik asoslari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG'BYeK NOMIDAGI O'zbekiston MILLIY UNIVYeRSITYeTI Mintaqaviy markaz KURS TUGATISh IShI Hasonboev Bekzodjon Valijonovich Oliy harbiy bilim yurtlari kursantlarining ofitserlar bilan munosabatining psixologik asoslari Ilmiy rahbar: P.f.n.dots M.A.Rasulov Taqrizchi: P.f.n.dots L.S. Tursunoa Toshkent - 2013 MUNDARIJA KIRISh1-4 1BOB. ShAXSLARARO O'ZARO MUNOSABATLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYaTLARI 5 1.1. Muomila shaxslararo munosabatning asosi 5-30 1.3. Shaxslararo munosabatlarni tadqiq etishda nazariy yo'nalishlar 30 - 44 2 BOB. OLIY HARBIY BILIM YuRTI OFITSERI BILAN KURSANTLARI O'RTASIDAGI MUNOSABATLARI XUSUSIYaTLARI45 2.1. Komandir va kursantlar: ularning xizmat faoliyatidagi munosabatlari .45 - 61 2.2. Harbiy xizmatchilar o'rtasidagi munosabatlar62 - 68 3 BOB. OLIY HARBIY BILIM YuRTI OFITSERI BILAN KURSANTLARI O'RTASIDAGI MUNOSABATLARNING EMPIRIK O'RGANISh NATIJALARI . 69 3.1. Ofitser bilan kursant o'rtasidagi shaxslararo munosabatlarni tadqiq etish metodikalari va ularning tavsifi 69 - 75 XULOSALAR 76 - 77 FOYDALANGAN ADABIYoTLAR RO'YXATI 78 -80 ILOVALAR 83 - 85 KIRISh Mavzuning dolzarbligi. Biz bilamizki, har bir davlatning bosh strategik maqsadi o'z xalqining tinchlik va barqarorlikni ta'minlash hisoblanadi. Buning uchun milliy armiyaning tashkiliy-huquqiy, siyosiy-psixologik jihatdan mustahkamlash va professional armiyani zamonaviy jihatdan takomillashtirib borish orqali erishadi. Bugun mamlakatimiz Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarni har tomonlama yetuk barkomal shaxs etib tarbiyalash zarurligini etirof etilayotgan bir pallada oliy harbiy bilim yurtlarida ofitser va kursantlar o'rtasidagi psixologik munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yish dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda. Buning uchun mamlakatimizda harbiy kadrlar, birinchi navbatda, chuqur bilimga ega bo'lgan va zamonaviy fikrlaydigan, intellektual yetuk ofitserlarni, shuningdek, bugungi kunda armiyamizning o'zagini tashkil etayotgan yuksak professional malakali bo'lajak ofitserlarni tarbiyalash tizimini tubdan yaxshilash ham Qurolli Kuchlar qo'mondonligi faoliyatining eng muhim yo'nalishlaridan biri bo'lib borishi darkor. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Islom Karimovning O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 21 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga yo'llagan bayram tabrigida belgilagan vazifalarda ham yuqoridagi fikrlarni o'zagini takidlab o'tadi: armiyada ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlarda yuksak ma'naviy fazilatlar, mustahkam iroda, Vatan taqdiri uchun mas'uliyat hissini kamol toptirish, harbiy jamoalarda sog'lom axloqiy-ruhiy muhitni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlar tizimini tubdan yaxshilash Qurolli Kuchlarimiz barcha bo'g'inlari komandirlarining alohida muhim vazifasidir deb takidlagan edilar. O'ylaymizki, yuqoridagi vazifalarni chuqur anglagan holda harbiy sohadagi muammolar yechimini ilmiy tadqiqotlar va izlanishlar olib borish orqali topish bugungi kunning eng dolzarb masalasi bo'lib qolmoqda. Kurs tugatish ishining maqsadi: Oliy harbiy bilim yurtlarida ofitser va kursantlar o'rtasidagi shaxslararo munosabatning psixologik xususiyatlarini o'rganish. Kurs tugatish ishining predmeti: Oliy harbiy bilim yurtlarida ofitser va kursantlar o'rtasidagi shaxslararo munosabatning psixologik xususiyatlari, shaxslararo munosabat jarayoni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 161.48 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 161.48 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga