Oliy majlis - O'zbekiston Respublikasining oliy vakillik organi va qonun chiqaruvchi hokimiyatdir RYeJA: 1. O'zbekiston Respublikasida parlament islohotlari tarixiy zaruriyati 2. Parlament va parlamentarizm tushunchalari 3. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining shakllanish tartibi 4. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining konstitutsiyaviy vakolatlari 5. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining huquqiy maqomi 1. O'zbekiston Respublikasida parlament islohotlari tarixiy zaruriyati O'zbekiston mustaqillik yillari davomida umuminsoniy qadriyatlar va boy milliy an'analar bilan yo'g'rilgan o'ziga xos rivojlanish yo'lini aniqlab oldi. Shu asosda davlat-huquqiy amaliyotda jahon parlamentarizmining boy tajribasidan unumli foydalanilib, Respublika konstitutsiyaviy tuzumida xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatlarning bo'linishi prinsiplariga mos davlat organlari tizimini shakllantirildi. Hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasida qonun chiqaruvchi hokimiyat alohida o'rin tutadi. Konstitutsiyamizda kuchli qonun chiqaruvchi hokimiyatni tashkil etishga alohida etibor berilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76- moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati - besh yil. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning X sessiyasi (2002 yil 12 dekabr) «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to'g'risida» va «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunlarning qabul qilinishi bilan ikki palatali parlament shakllantirishning asosiy huquqiy asoslarini yaratish jarayoni muhim ahamiyat kasb etdi. 2. Parlament va parlamentarizm tushunchalari Insoniyat huquqiy tafakkurining mahsuli hisoblangan hamda jamiyatning umummilliy vakillik muassasasi sifatida dunyoga kelgan parlament uzoq yillar davomidagi tarixga ega va uning ildizlari XII-XII asrlardagi ingliz parlamenti va ispan korteslariga borib taqaladi. Parlament so'zining lug'aviy manosi fransuz tilidan olingan bo'lib, gapirmoq manosini anglatadi. Parlamentarizm katta taraqqiyot bosqichini bosib o'tdi va uning chinakam tarixi burjua inqiloblari davridan boshlanadi. Endilikda aksariyat mamlakatlarning parlament institutiga ega ekanligini takidlab o'tmoq joiz. Hozir yer kurrasidagi 200 ga yaqin davlatning qariyb 177 tasida oliy qonun chiqaruvchi vakillik organi-parlamentlar bor. Hozirgi zamon parlamentlari o'zlarining tuzilishi, vakolatlarining hajmi, ijtimoiy tarkibi, o'z mamlakatlari siyosiy tizimida tutgan o'rni, saylanish tartibi mavqei bilan bir-birlaridan ajralib turadilar. Ular hatto nomlanishi, deputatlarining soni bilan ham farq qiladilar, masalan: AQSHda 535 deputatdan iborat Kongress, Xitoy Xalq Respublikasidagi Umumxitoy Xalq vakillari majlisida 2979 azo, Rossiyada 626 deputatdan iborat Federal Majlis, Misrda 454 deputatli Xalq Assambleyasi, Isroilda 120 azodan iborat Knesset, Islandiyada 63 azodan iborat Altningni misol qilib ko'rsatish mumkin. Jahon parlamentlarining ko'pchiligi bir palatali tuzilishga ega. Yer kurrasidagi 70ga yaqin davlatda esa, ikki palatali oliy vakillik organlari mavjud. Odatda, ikki palatali parlamentning palatalaridan biri ko'pincha quyi palata deb yuritilib, u ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.2 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.2 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:52 ]
Arxiv ichida: doc