Oliy majlis qonunchilik palatasi faoliyatining asosiy yo'nalishlari «Parlament - bu jamiyat hayotini oynadek yaqqol aks ettiradigan ko'zgu. Binobarin, jamiyatda qanday intilish, fikr va qarashlar mavjud bo'lsa, ular parlamentdagi muhokama va munozaralarda o'z aksini topishi kerak. Ana shunda parlament xalqning hoxish irodasi, ezgu maqsadlarini mujassam eta oladi». Islom Karimov O'zbekiston Konstitutsiyasining 10-moddasida, davlat hokimiyatining birdan-bir manbai - xalq nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishligi qayd etilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida aytilganidek, davlat hokimiyatining tizimi-qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linish prinsipiga asoslanadi. Unga ko'ra, davlat funksiyalari qonun chiqaruvchi organ-Oliy Majlis, davlat va ijroiya hokimiyati rahbari-O'zbekiston Respublikasining Prezidenti va sud hokimiyati o'rtasida taqsimlanadi. O'zbekiston Oliy Majlisi esa davlatning boshqa idoralari bilan hamkorlik qilish bilan birga, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining shakllanishi va tuzilishi Hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasida qonun chiqaruvchi hokimiyat alohida o'rin tutadi. Konstitutsiyamizda kuchli qonun chiqaruvchi hokimiyatni tashkil etishga alohida e'tibor berilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76- moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati - besh yil. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning Xsessiyasi (2002 yil 12 dekabr') «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to'g'risida» va «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunlarning qabul qilinishi bilan ikki palatali parlament shakllantirishning asosiy huquqiy asoslarini yaratish jarayoni muhim ahamiyat kasb etdi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to'g'risidagi Konstitutsiyaviy Qonunga binoan Qonunchilik palatasi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasidir. Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo'yicha ko'ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko'rsatishiga asoslanadi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-moddasida Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari quyidagicha belgilandi: 1) Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o'rinbosarlarini, qo'mitalarning raislari va ularning o'rinbosarlarini saylash; 2) O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to'g'risidagi masalalarni hal etish; 3) reglamentni hamda o'z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog'liq masalalar yuzasidan boshqa qarorlarni qabul qilish; 4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorlarini qabul qilish kiradi. O'zbekiston Prezidentining O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to'g'risidagi farmonlarini tasdiqlashni, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasining ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.16 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:52
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.16 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:52 ]
Arxiv ichida: pptx