Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senat tarkibiy tuzilmalari Reja 1-. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining tarkibi va ular faoliyatini tashkil etish 2-. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisining saylanish tartibi hamda ularning vakolatlari 3-. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi siyosiy partiya fraksiyalari va deputatlar guruhi. 4-. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senat devoni. Parlamentarizm amaliyoti shuni ko'rsatadiki, parlament palatalari palata ishiga rahbarlik qiluvchi: palata majlislarini o'tkazuvchi, palata devonini boshqaruvchi o'z organlarini tuzadi. Qoida tariqasida, mazkur organlar jumlasiga palatalarning raislari va tegishli byurolar (prezidiumlar, kengashlar) kiradi. Mazkur organlarni saylash ba'zi bir hollarda, masalan, Italiyada Konstitutsiyaning o'zida (Italiya Respublikasining Konstitutsiyasi, 63-modda) nazarda tutilgan bo'lsa, boshqa hollarda palatalarning raislarigina tilga olib o'tiladi, palatalarning ishini tashkil etuvchi kollegial organlar (palata byurosi, kengashi) haqida esa so'z yuritilmaydi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashining ish tajribasini tahlildan o'tkazish va umumlashtirish Qonunchilik palatasi va Senati Kengashi ishini tashkil etish uchun muhim ahamiyatga ega. Ko'rib chiqilayotgan kollegial organning huquqiy maqomi shu bilan belgilanadiki, parlamentning rahbar organi bo'lgani holda, u o'zining rahbarlik funksiyalarini parlament vakolatlarini «o'zlashtirish» uchun emas, balki parlamentning samarali ishlashini tashkil etish maqsadida amalga oshiradi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Qonunchilik palatasi faoliyatini samarali tashkil etish, palata qo'mitalari ishini muvofiqlashtirib borish, qonun loyihalarini tayyorlash ishini rejalashtirish masalasini dastlabki tarzda ko'rib chiqishni tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi tuziladi. Qonunchilik palatasi Kengashi palata majlislari oralig'ida zaruratga qarab to'planadi. Qonunchilik palatasi Kengashining tarkibiga Qonunchilik palatasi Spikeri, uning o'rinbosarlari, fraksiyalar va deputatlar guruhlarining rahbarlari, Qonunchilik palatasi qo'mitalarining raislari kiradi. Qonunchilik palatasi Kengashi o'z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan a'zolari umumiy sonining ko'pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Masalan, Rossiya Federatsiyasida palata faoliyatining tashkiliy masalalarini dastlabki tarzda tayyorlash va ko'rib chiqish uchun tuziladigan Davlat Dumasi Kengashi (palata kengashi) Davlat Dumasining ishini tashkil etishda juda muhim rol o'ynaydi. Palata kengashi tarkibiga palata raisi, deputatlar guruhlarining rahbarlari hal qiluvchi ovoz berish huquqi bilan kiradilar. Bundan tashqari, palata kengashi tarkibiga palata raisining o'rinbosarlari, palata qo'mitalarining raislari maslahat ovozi huquqi bilan kiradilar. Qonunchilik palatasi qo'mitalari tashkil etilgandan so'ng o'z faoliyatini o'z rejalariga, shu bilan birga Qonunchilik palatasi Kengashi topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi. Qonun loyihasini dastlabki tarzda ko'rib chiqish natijalari asosida mas'ul qo'mita uni Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish yoki qonun loyihasini kiritgan organga (shaxsga) qaytarish to'g'risida Qonunchilik palatasi Kengashi oldiga masala qo'yadi. Agar Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan boshqa muddat belgilangan bo'lmasa, mas'ul qo'mita qonun loyihasi olingan kundan e'tiboran ikki oy ichida uni: Qonunchilik palatasi Kengashining qonun loyihasini ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.44 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.44 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:52 ]
Arxiv ichida: doc