Oliy majlis qonunchilik palatasi va senati faoliyatida parlament nazorati Reja: 1.Parlament nazorat faoliyatining tushunchasi va uning ahamiyati. 2. Parlament nazoratining asosiy yo'nalishlari. 3. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining parlament nazoratiga oid vakolatlari. 4. Davlat byudjeti ijrosi ustidan parlament nazorati va uni amalga oshirishda qo'mitalarning tutgan o'rni 1. Parlament nazorat faoliyatining tushunchasi va uning ahamiyati Parlament nazorati nafaqat qonunlarning sifati va samaradorligini oshirishda, balki hokimiyatlar o'rtasidagi bir-birini tiyib turish va muvozanat saqlash tizimining barqaror ishlashini ta'minlashda va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini muhofaza qilishda ham muhim o'rin tutadi. Parlament nazoratining mazmun-mohiyati davlatning boshqaruv shakliga qarab farqlanadi. Jumladan, parlamentlik boshqaruv shakliga asoslangan davlatlarda parlament nazorati prezidentlik Respublikalardagiga nisbatan o'zining ko'lami va ta'siri jihatidan salmoqliroq hisoblanadi. Bu albatta, tabiiy hol. Chunki parlamentlik boshqaruv shakliga asoslangan Respublikalarda hukumat bevosita parlament tomonidan shakllantiriladi. Prezidentlik Respublikalarida esa, parlament nazorati asosan qonunlar ijrosi, shuningdek parlament vakolatlariga kiritilgan boshqa yo'nalishlarni nazorat qilishdan iborat bo'ladi. Bunday Respublikalarda hukumat parlament bilan bir qatorda, ko'proq Prezident oldida hisobdordir. Huquqiy adabiyotlarda parlament nazoratining tushunchasi va mazmun-mohiyatiga turlicha tavsiflar berilgan bo'lib, parlament nazorati jarayonining ilmiy asoslarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Fikrimizcha, parlament nazoratining tushunchasini ifodalashdan oldin «nazorat» tushunchasiga oydinlik kiritish maqsadga muvofiq. Nazorat deganda asosan malum voqea-hodisa yoki ijtimoiy munosabatlar jarayonini o'rganish va tekshirish maqsadida olib boriladigan maxsus faoliyat tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimida turli nazorat turlari olib boriladi, yani, davlat nazorati, parlament nazorati, prokuror nazorati, ekologiya nazorati, sanitariya nazorati, tog'-kon va sanoat nazorati, moliya nazorati va boshqalar. Ushbu nazorat turlari mazmun-mohiyati jihatidan bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun ham nazorat tushunchasining doirasini aniq belgilash lozim. Ko'pgina xorijiy tillarda, xususan, rus tilida nadzor va kontrol atamalari huquq nazariyasi va amaliyotida keng qo'llanilib, muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu atamalarining maqsadi va vazifalarida o'zaro umumiylik mavjud, lekin, faoliyat obyekti, subyekti, shakl va usullari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Nadzor (nazorat) atamasi asosan prokuror nazorati shakliga qo'llanilsa, kontrol(nazorat) atamasi esa davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat shakli hisoblanadi. Shuning uchun ham o'zbek tilida ushbu atamalarning lug'aviy manosini aniq ifodalanishi davlat organlarining murakkab nazorat faoliyati xususiyatlarini belgilashga yordam beradi. Parlamentning nazorat (kontrol) faoliyati davlat tizimida amalga oshiriladigan nazorat turlaridan mazmun-mohiyati jihatidan farq qiladi. Parlament nazorati (kontrol)-qonun ijodkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan subyektlarning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish darajasini o'rganish, qonun hujjatlari qoida-talablarini ijro hokimiyati organlari va boshqa yuridik va mansabdor shaxslar tomonidan hayotga tadbiq etish holatini kuzatish, qonunlarni ijro etish jarayonida mavjud to'siq, kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid tegishli ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.07 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.07 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:52 ]
Arxiv ichida: doc