Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati ishini tashkiliy-huquqiy va texnik jihatdan ta'minlash Reja: 1. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati devonini shakllantirish 2. Huquqiy asoslarini ta'minlash. Devonning asosiy vakolatlari. Tuzilishi. Devon xodimlari. Ularning asosiy huquq va majburiyatlari 1.Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati devonini shakllantirish Parlament, uning palatalari, qo'mitalari va komissiyalari ishining professionalizmi, oqilonaligi va samaradorligini ko'p jihatdan davlat hokimiyati vakillik organining devoni ta'minlaydi. Mazkur devon davlat xizmatchilari orasidan professional asosda tuziladi. Parlament (uning palatalari) devoni deganda parlament (uning palatalari)ning davlat xizmatchilaridan tarkib topgan va parlament (uning palatalari) parlament qo'mitalari va komissiyalari faoliyatini tashkiliy, huquqiy, axborot, ijtimoiy-maishiy, tahliliy, moddiy-texnikaviy va o'zga tarzda ta'minlash funksiyalarini amalga oshiruvchi ichki organi tushuniladi. Ikki palatali parlamentda har bir palata o'z devoniga ega bo'ladi. Parlament palatasi o'z devonini tuzish, uning tuzilmasi, vazifalari, vakolatlarini belgilash, unga rahbarlik qilish bilan bog'liq masalalarni davlat xizmati to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga soladi. O'zbekistonda parlament devoni ishini tashkil qilishda yaqin xorij tajribasini o'rganish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Jumladan, Rossiya parlamentining quyi palatasi (Davlat Dumasi) devonini tuzish va uning faoliyati masalalari amaldagi qonun hujjatlari hamda palata Raisi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat Dumasining Devoni to'g'risidagi Nizom bilan belgilanadi. Devon yuridik shaxs hisoblanadi, o'z muhri, banklarda o'z hisob-kitob va joriy hisobvaraqlari, smetasiga ega bo'ladi. Devonda siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari (kasaba uyushmasidan tashqari) tuzish taqiqlanadi. Davlat Dumasining Devoni o'z faoliyatini RF Prezidentining ma'muriyati, yuqori palata (Federatsiya Kengashi), hukumat devonlari, davlat hokimiyatining boshqa organlari bilan o'zaro aloqada amalga oshiradi. Devonga uning rahbari bevosita rahbarlik qiladi. Devon rahbari palata kengashining roziligi bilan va palataning reglament va Davlat Dumasi ishini tashkil etish qo'mitasining taqdimiga binoan tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Devon faoliyati ustidan nazoratni palataning yuqorida zikr etilgan qo'mitasi amalga oshiradi. Devonning tuzilmasi, shtatlari, xodimlarining mehnat haqi miqdori va moddiy-texnika ta'minoti shartlari, ularning ishlashi uchun zarur xarajatlar devon rahbarining yuqorida zikr etilgan palata qo'mitasi bilan kelishilgan taqdimiga binoan palata raisi tomonidan palataning ishlashi uchun zarur xarajatlar smetasi doirasida belgilanadi. Devon quyidagi tarkibiy bo'limlardan tashkil topadi: 1) Palata raisining kotibiyati; 2) Palata raisining birinchi o'rinbosari hamda palata raisi o'rinbosarlarining kotibiyatlari; 3) Palata devoni rahbarining kotibiyati; 4) Palatadagi deputatlar birlashmalarining devonlari (bo'limlar); 5) Palata qo'mitalari va komissiyalarining devonlari (bo'limlar); 6) Tahlil boshqarmasi; 7) tashkiliy boshqarma; 8) Parlament kutubxonasi (boshqarma); 9) Huquq boshqarmasi; 10)Matbuot xizmati (boshqarma); 11) Ishlar boshqarmasi; 12) Hujjat ta'minoti boshqarmasi; 13) Axborot-texnologik ta'minoti boshqarmasi; 14) Kadrlar va davlat xizmati boshqarmasi; 15) Parlamentlararo aloqalar boshqarmasi; 16) Davlat sirini saqlash bo'limi; 17) Palata qabulxonasi (bo'lim). Federatsiya Kengashi (yuqori palata)ning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.22 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.22 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:52 ]
Arxiv ichida: doc