Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati qo'mita va komissiyalari hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati qo'mita va komissiyalari hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar

O'quvchilarga / Huquq
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati qo'mita va komissiyalari hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar - rasmi

Material tavsifi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati qo'mita va komissiyalari hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari Reja: 1-. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo'mita va komissiyalarini shakllantirish tartibi. 2-. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi doimiy komissiyalarining faoliyatining tashkil etish va ularning vakolatlari. 3-. Hokim - xalq deputatlari viloyat Kengashining rahbari Demokratik jamiyat barpo etish O'zbekiston siyosatining ustivor yo'nalishlaridan biridir. Ikki palatali parlamentning joriy etilishi belgilangan maqsad sari amalga oshirilgan muhim islohotlardan biridir. Ushbu parlamentning biz uchun yangiligi, rivojlangan davlatlarning bu boradagi tajribasini chuqur o'rganishni taqozo etadi. Xorijiy mamlakatlar tajribasi parlament vazifalarining samarali bajarilishi uning qo'mita va komissiyalari faoliyatiga bevosita bog'liqligini ko'rsatmoqda. Fransiya parlamenti quyi palatasi mudofaa va Qurolli Kuchlar bo'yicha komissiyasining sobiq raisi esa, Milliy Majlisni yomon tomosha ekanligini qarang, vaholanki haqiqiy ish mavjud va u komissiyalarda bajariladi deb aytishi ushbu holatni tasdiqlaydi. Barcha masalalarni uzoq va sinchkovlik bilan dastlab komissiyalarda o'rganilishi ular faoliyatining tashkiliy masalalarini muntazam takomillashtirib borishni talab qiladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to'g'risidagi qonunning 17-moddasiga ko'ra Qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko'rib chiqish va tayyorlash, O'zbekiston Respublikasi qonunlari hamda palata tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan rais, uning o'rinbosari va a'zolardan iborat tarkibda qo'mitalar saylanadi. Milliy qonunchiligimizda bu vazifalarni amalga oshirish uchun qo'mitalar tashkil qilinsa, bir qancha xorijiy mamlakatlarda (Yaponiya, Fransiya, Italiya) bu vazifalar komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Qo'mita raisi, uning o'rinbosari va qo'mita a'zolari lavozimlari deputatlarning qaysi partiya yoki guruhga mansubligini hamda saylovda saylovchilarning qancha ovozini olganligini inobatga olgan holda yaxlit (umumiy) qaror bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Reglamenti to'g'risidagi qonuni 7-moddasining uchinchi qismiga ko'ra, Qonunchilik palatasida reglament; byudjet, bank va moliya masalalari; Iqtisodiy masalalar va tadbirkorlik; Qonunchilik va sud-huquq masalalari; Mehnat va ijtimoiy masalalar; Mudofaa va xavfsizlik masalalari; xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo'mitalari tuzilishi shart. Qonunchilik palatasida boshqa qo'mitalar ham tuzilishi mumkinligi ko'rsatilib, ularning umumiy soni, qoida tariqasida, o'ntadan oshmasligi kerakligi mustahkamlangan. Mazkur qoidaga asosan Qonunchilik palatasida byudjet va iqtisodiy islohotlar, Qonunchilik va sud-huquq masalalari, Mehnat va ijtimoiy masalalar, Mudofaa va xavfsizlik masalalari, xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar, Sanoat, qurilish, va savdo masalalari, Agrar, suv xo'jaligi masalalari va ekologiya, Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitalari tuzilgan. Parlamentlardagi qo'mitalar soni, nomi va vakolatlarini belgilashda ularning faoliyati davlat siyosatining barcha jabhalarini qamrab olishidan kelib chiqiladi. Bunday yondashuv natijasida xorijiy davlatlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.91 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.91 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga