Oliy Majlis qonunchilik palatasi va senatining qonunchilik faoliyati

Oliy Majlis qonunchilik palatasi va senatining qonunchilik faoliyati

O'quvchilarga / Huquq
Oliy Majlis qonunchilik palatasi va senatining qonunchilik faoliyati - rasmi

Material tavsifi

Oliy Majlis qonunchilik palatasi va senatining qonunchilik faoliyati Reja: 1. Qonun chiqarish jarayoni va uning bosqichlari. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qonunchilik faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari 2. Qonunchilik tashabbusi huquqining subyektlari. 3. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qonun loyihalarini muhokama qilish. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qonunni qabul qilish 4. Senat tomonidan qonunni muhokama qilish va qabul qilish 5. Kelishuv komissiyasi 6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik jarayonida ishtirokining ahamiyati. Qonun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanishi va elon qilinishi 1. Qonun chiqarish jarayoni va uning bosqichlari. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qonunchilik faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari Qonunchilik jarayoni deganda parlamentning o'z vakolatidan kelib chiqqan holda qonunni qabul qilish, uni o'zgartiish yoki jamiyat hayotida uzoq muddat daomida amalda bo'lib, ijro etilish odatiy xolga aylangan odat, axloq va boshqa ijtimoiy normalarni sanksiyalashga qaratilgan faoliyati tushuniladi. Shuni alohida takidlab o'tish lozimki, qonunchilik nihoyatda muhim jarayon bo'lib, uning sifatli va samarali faoliyati natijasi bevosita jamiyat taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatadi. Aynan parlament tomonidan qabul qilinadigan qonunlar jamiyat hayotining eng muhim jabhalarini tartibga solishga yo'naltirilgan bo'ladi. Bu esa o'z navbatida qonunchilik jarayoni mexanizmini puxta ishlab chiqish, parlamentariylarga tegishli axborot-texnik imkoniyatlarni yaratib berish, qonunchilik jarayonining huquqiy va nazariy asoslarini vujudga keltirish zaruratini keltirib chiqaradi. Qonun chiqarish funksiyalarini amalga oshirish parlament, parlament palatalarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Hokimiyatni taqsimlash prinsipi shuni nazarda tutadiki, jamiyat barcha ijtimoiy tabaqalarining manfaatlarini, butun millat manfaatlarini to'liq ifoda etuvchi parlamentlar boshqa davlat organlari tomonidan chiqariladigan boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan kattaroq yuridik kuchga ega bo'lgan normativ huquqiy hujjatlarni qabul qilishlari lozim. Aynan parlamentlar tomonidan qabul qilinuvchi qonunlar boshqa barcha davlat organlari uchun zarur huquqiy negizni vujudga keltiradi, mazkur organlarning o'zaro hamda fuqarolar va ularning birlashmalari bilan munosabatlarini belgilab beradi. Xullas, qonunlar davlat va jamiyat hayotida juda muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun ham qonun chiqarish jarayonini, uning subyektlari maqomini, qonun chiqarish jarayonining bosqichlarini huquqiy tartibga solish muhim ahamiyatga ega. Rasmiy nuqtai nazardan qonun chiqarish jarayoni tashkiliy-huquqiy tadbirlar (tartib-qoidalar)ning murakkab tizimi bo'lib, ularning natijasi o'laroq qonun yaratiladi. Mazkur tartib-qoidalar majmui qonun chiqarish jarayonining bosqichlarini tashkil etadi. Qonun chiqarish jarayoni bosqichlarining ahamiyati shundaki, mazkur bosqichlarning har birining mazmunini tashkil etuvchi, huquq normalari bilan tartibga solingan barcha tadbirlarini amalga oshirishgina yuqorida zikr etilgan jarayonning navbatdagi bosqichiga o'tish imkonini beradi. Qonun chiqarish jarayonining bosqichlariga olim P.A. Rustamov tomonidan berilgan ta'rifga umuman olganda qo'shilish mumkin: «Mazkur jarayon bosqichlari - qonun loyihalarini tayyorlash, kiritish, muhokama qilish, qabul qilish va qonunlarni elon qilish bo'yicha yuridik ahamiyatga ega bo'lgan va tartib-qoidalarga asosan rasmiylashtirilgan tadbirlar majmui». To'g'ri, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.17 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.17 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga