Oliy majlis qonunchilik palatasi va senatining tashqi siyosiy faoliyati

Oliy majlis qonunchilik palatasi va senatining tashqi siyosiy faoliyati

O'quvchilarga / Huquq
Oliy majlis qonunchilik palatasi va senatining tashqi siyosiy faoliyati - rasmi

Material tavsifi

Oliy majlis qonunchilik palatasi va senatining tashqi siyosiy faoliyati Reja: 1.Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining tashqi siyosiy faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari 2.Oliy Majlis O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy organi sifatida. Parlament diplomatiyasi - davlat tashqi siyosiy faoliyatining muhim tarkibiy qismi 3.Tashqi siyosiy faoliyatda hokimiyatlar bo'linishi prinsipining o'ziga xosligi 4. O'zbekistonning xalqaro munosabatlardagi strategiyasi va taktikasining siyosiy-huquqiy negizini tashkil etuvchi qonunlarning qabul qilinishi. Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy tarkibiy qismlari. 5. xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining tashqi siyosiy faoliyatining muhim tarkibiy qismi 6.Umum etirof etilgan xalqaro huquq normalarining milliy huquq normalaridan ustuvorligi prinsipi 7.Oliy Majlis va xalqaro parlamentlararo hamkorlik tashkilotlari. Boshqa mamlakatlarning parlamentlari bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirish - Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining xalqaro faoliyatdagi muhim vazifasi. Ikki tomonlama parlamentlararo hamkorligi 1.Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining tashqi siyosiy faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir qator normalari orqali O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi va uning palatalari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri, Oliy Majlis Senati Raisining tashqi siyosat sohasidagi asosiy vazifalari, huquqlari hamda vakolatlari bevosita tartibga solinadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning Beshinchi bo'lim, XVII bobi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatiga bag'ishlangan bo'lib, xususan uning 78-moddasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari qatorida bevosita tashqi siyosat sohasidagi vakolatlarga ham alohida etibor berilgan: O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlarini belgilash(4-band); O'zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O'zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi to'g'risidagi qarorlarni tasdiqlash (6-band); O'zbekiston Respublikasining chegaralarini o'zgartirish (10-band); xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish (20-band). Shuningdek, Konstitutsiyaning 78-moddasi ikkinchi qismida ushbu vakolatlarni amalga oshirish mexanizmi berilgan bo'lib, palatalarning o'zaro birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval Qonunchilik palatasida, keyin esa Senatda ko'rib chiqiladi. Asosiy Qonunimizning 79-moddasida esa O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatiga kiradigan masalalar qatorida davlatning tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish nazarda tutilgan. Konstitutsiyada O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga tashqi siyosat sohasida yanada kengroq mutlaq vakolatlar berilgan. Senat davlatning tashqi siyosati masalalari bo'yicha qarorlar qabul qilish vakolatiga ega bo'lish bilan bir qatorda (80-moddaning 14-bandi) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi (8-band). O'zbekiston Respublikasida bir palatali parlament tizimi bo'lgan sharoitda parlamentda bunday vakolat yo'q edi. Bu mamlakatda amalga oshirilgan parlament islohotlarining samarasi hamda davlat va jamiyat qurilishini liberallashtirish jarayonining natijasidir. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri (85-moddaning 5- va 6-bandlari) hamda Senati Raisi (86-moddaning 5 va 6-bandlari) palatalarning xalqaro parlament tashkilotlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.13 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.13 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga