Oliy Majlis senatining konstitutsiyaviy - huquqiy maqomi Reja: 1. Oliy Majlis Senatining huquqiy asoslari. Oliy Majlis Senati - yangi huquqiy institut sifatida 2. Oliy Majlis Senati vakolatlari va tashkiliy shakllari. Senat raisi va o'rinbosarlari vakolatlari 3. Senat Kengashi ish tartibi. Senat qo'mita va komissiyalarni saylash tartibi va vakolatlari 4. Oliy Majlis Senatining davlat hokimiyati organlari bilan o'zaro munosabatlari. Oliy Majlis Senatini tarqatib yuborish tartibi. Oliy Majlis Senati devoni va matbuot organlari faoliyati 1. Oliy Majlis Senatining huquqiy asoslari. Oliy Majlis Senati - yangi huquqiy institut sifatida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining huquqiy asoslari albatta birinchi navbatda asosiy qonunimiz O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida aks ettirilgan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi Qonuniga asosan tuzatish va qo'shimchalar kiritilgan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 86-moddasi Senat Raisi va uning o'rinbosarlari misolida palata rahbariyatini shakllantirish tartibini, Raisning vakolatlarini belgilab beradi. Senatning muhokamaga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko'rib chiqish va tayyorlash, shuningdek O'zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun o'z vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan qo'mitalarni saylashini (shakllantirishni) tartibga soladi. Senat zarur hollarda muayyan vazifalarni bajarish uchun senatorlar orasidan komissiyalar ham tuzishi mumkin. «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bu tuzilmaga yana bir Kengash kabi organni ilova qiladi va Senat qo'mitalarining vakolatlarini yanada aniqlashtiradi. Shunday qilib, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risidagi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to'g'risidagi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Reglamenti to'g'risidagi qonuni, O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining Reglamenti bilan tartibga solingan. 2. Oliy Majlis Senati vakolatlari va tashkiliy shakllari. Senat raisi va o'rinbosarlari vakolatlari Yuqori palatalar faoliyatining jahon tajribasi palatalar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida tuzilgan asosiy va qo'shimcha organlarning turli ko'rinishlarini namoyish etadi. Ushbu munosabat bilan ayrim rossiyalik olimlarning parlamentlar oldida turgan vazifalar ularni o'z funksiyalarini amalga oshirishga doimiy ko'maqlashuvchi maxsus hayatiy organlar va muassasalarni tuzishga, shuningdek, palatalar a'zolari orasidan maxsus mansabdor shaxslarni tayinlashga (saylashga) majbur etishi haqidagi xulosalariga qo'shilmay bo'lmaydi. Ushbu organlar va muassasalar o'zlarining vazifalari, vakolatlari, shakllantirilishi va faoliyat tartibi, javobgarlik prinsiplariga ko'ra nihoyatda xilma-xildir. Aksarnyat hollarda ular Konstitutsiyaviy maqomga egadirlar va ularning konstitutsiyalashuv an'analari tobora keng qamrov kasb etayapti. Turli mamlakatlar parlamentlariga nazorat funksiyalarini amalga oshiripsha ko'maqlashuvchi organlar orasida avvalo Vakillar instituti hamda hisob palatasini tilga olib o'tish lozim bo'ladi (u turli mamlakatlarda hamma vaqt ham parlamentta bog'liq bo'lavermagan holda turlicha nomlanish va maqomga ega). Hisob palatasi haqida gap ketganda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.89 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.89 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:52 ]
Arxiv ichida: doc