Oliy Majlis tashkil topishining huquqiy asosi Reja: 1.Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasi demokratik saylov tizimining o'zagi ,asosi sifatida. Oliy Majlisga o'tkaziladigan saylovning asosiy prinsiplari 2.Birinchi chaqiriq Oliy Majlisga saylov va siyosiy kuchlar manfaatlarining hisobga olinishi.Oliy Majlisga saylov to'g'risidagi qonun hujjatlarining takomillashtirilishi 3.Markaziy saylov komissiyasi vakolatlari va ish tartibi Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisga saylov -O'zbekistonning yangi qonun chiqaruvchi organi va uning doirasida yuzaga kelgan asosiy partiyaviy siyosiy kuchlar joylashuvining o'ziga xosliklari va g'oyaviy siyosiy tabaqalashuvi xususiyatining mustahkamlanishi va yanada rivojlantirilishi Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasi demokratik saylov tizimining o'zagi ,asosi sifatida. Oliy Majlisga o'tkaziladigan saylovning asosiy prinsiplari Respublikamiz mustaqillikni qo'lga kiritishi munosabati bilan saylov huquqini rivojlantirishning yangi davri boshlandi. Saylov qonunchiligi hozirgi kunda takomillashuv jarayonini boshdan kechirmoqda, uning mukammal bo'lishi uchun yetakchi demokratik mamlakatlarning tajribasidan ijobiy jihatlari olinmoqda. Har qanday qonun uchun eng asosiy narsa uni amaliyotga tadbiq etish mexanizmidir. Shuning uchun qabul qilinayotgan qonunlarning mazmuni bilan birga amalga kiritish mexanizmlarini ham mukammal darajada takomillashtirishimiz lozim. Bunda milliy davlatchiligimiz tarixiy xususiyatlari va saylovlarni o'tkazishda ilgari to'plangan ijobiy tajribaga suyanish, yo'l qo'yilgan nuqsonlarni takrorlamaslik, ilg'or jahon tajribasi hamda demokratiya tamoyillari ustivorligiga erishish g'oyat mas'uliyatli vazifadir. Davlat hokimiyati organlarini shakllanishida birlamchi omil hisoblangan saylov usuli orqali hokimiyat tizimini vujudga keltirish va rivojlantirish qonuniyatlari, ularning tadrijiy o'zgarishi va tashkiliy-huquqiy asoslarini o'rganish olimlarning asosiy diqqat markazida bo'lib kelgan.Har qanday mustaqil davlatning o'ziga xos taraqqiyot yo'li bo'ladi. Yangicha jamiyatni shakllantirish yangicha tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Yurt taqdiri va halq manfaatini ustivor bilgan holda to'g'ri yo'l tanlay bilish, mamlakatni yorqin kelajak sari etaklashdek ulug'vor maqsad davlatimiz rahbariyati olib borayotgan siyosatini negizini tashkil etsa, barcha siyosiy faoliyatlar milliy davlatchilikni yuksaltirishga qaratilgan bo'lsa, ertangi kunda chinakam farovon turmush yaratish qutlug' niyatiga aylansa, jamiyat o'z-o'zidan yangilanish tomonga yuz buradi, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida islohotlar jarayoni boshlanadi. Muhimi, yorug'lik sari qadam tashlash, oqilona siyosat yurgizishda. Birinchi bosqich sobiq Ittifoq davridayoq boshlangan bo'lib, 1992 yilgi Konstitutsiya qabul qilinguncha davom etgan. Bu bosqichda ilk bor O'zbekistonda muqobil ko'ppartiyaviylik asosida prezidentlik saylovlari bo'lib o'tdi va saylovlar to'g'risidagi bir qator qonunlar qabul qilindi. Ikkinchi bosqich Konstitutsiya qabul qilinganidan boshlab 1997 yilgacha davom etdi. Bu bosqichda Konstitutsiyada saylov tizimining asoslari mustahkamlandi, saylovlar to'g'risidagi qonunlarga muvofiq, ko'ppartiyaviylik asosida birinchi o'zbek parlamenti-Oliy Majlis saylandi. Uchinchi bosqich 1997 yildan boshlandi. Bu bosqichda amaldagi saylov qonunlariga bir qator o'zgartirishlar kiritildi. Bo'lajak saylovlar uchun zarur huquqiy asoslar yaratildi. O'zbekistonda saylov tizimi har bir bosqichda huquqiy asosda amalga oshirildi va jamiyatda, davlatda muayyan institutsiyaviy o'zgarishlar bilan davom ettirildi. Saylov huquqining rivojlanishi va qo'llanilishiga demokratik islohotlarning tarkibiy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.01 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.01 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:52 ]
Arxiv ichida: doc