Oliy qonun chiqaruvchi organning konstitutsiyaviy modellari

Oliy qonun chiqaruvchi organning konstitutsiyaviy modellari

O'quvchilarga / Huquq
Oliy qonun chiqaruvchi organning konstitutsiyaviy modellari - rasmi

Material tavsifi

Oliy qonun chiqaruvchi organning konstitutsiyaviy modellari Reja: 1. Qonun chiqaruvchi organlar umumiy tavsifi 2. Parlamentning tuzilishi (strukturasi) 3. Parlament a'zolari 4. Parlamentning asosiy vakolatlari 1. Qonun chiqaruvchi organlar umumiy tavsifi O'zbekiston mustaqillik yillari davomida umuminsoniy qadriyatlar va boy milliy an'analar bilan yo'g'rilgan o'ziga xos rivojlanish yo'lini aniqlab oldi. Shu asosda davlat-huquqiy amaliyotda jahon parlamentarizmining boy tajribasidan unumli foydalanilib, Respublika konstitutsiyaviy tuzumida xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatlarning bo'linishi prinsiplariga mos davlat organlari tizimini shakllantirildi. Insoniyat huquqiy tafakkurining mahsuli hisoblangan hamda jamiyatning umummilliy vakillik muassasasi sifatida dunyoga kelgan parlament uzoq yillar davomidagi tarixga ega va uning ildizlari XII-XII asrlardagi ingliz parlamenti va ispan korteslariga borib taqaladi. Parlament so'zining lug'aviy manosi fransuz tilidan olingan bo'lib, gapirmoq manosini anglatadi. Parlamentarizm katta taraqqiyot bosqichini bosib o'tdi va uning chinakam tarixi burjua inqiloblari davridan boshlanadi.Endilikda aksariyat mamlakatlarning parlament institutiga ega ekanligini takidlab o'tmoq joiz. Hozir yer kurrasidagi 200 ga yaqin davlatning qariyb 177 tasida oliy qonun chiqaruvchi vakillik organi-parlamentlar bor. Hozirgi zamon parlamentlari o'zlarining tuzilishi, vakolatlarining hajmi, ijtimoiy tarkibi, o'z mamlakatlari siyosiy tizimida tutgan o'rni, saylanish tartibi mavqei bilan bir-birlaridan ajralib turadilar. Ular xatto nomlanishi, deputatlarining soni bilan ham farq qiladilar, masalan: AQSHda 535 deputatdan iborat Kongress, Xitoy Xalq Respublikasidagi Umumxitoy Xalq vakillari majlisida 2979 azo, Rossiyada 626 deputatdan iborat Federal Majlis, Misrda 454 deputatli Xalq Assambleyasi, Isroilda 120 azodan iborat Knesset, Islandiyada 63 azodan iborat Altningni misol qilib ko'rsatish mumkin. Jahon parlamentlarining ko'pchiligi bir palatali tuzilishga ega. Yer kurrasidagi 65 ta davlatda esa, ikki palatali oliy vakillik organlari mavjud. Odatda, ikki palatali parlamentning palatalaridan biri ko'pincha quyi palata deb yuritilib, u xalqning yagona irodasini ifodalaydi. (AQSHda - Vakillar palatasi, Fransiyada - Millat Majlisi), boshqasi esa yuqori palata deb atalib, u davlatning tarkibiy qism (hudud)larining manfaatlarini ifodalaydi. Parlamentlarning bunday tuzilishi muqim demokratik an'analar hamda federativ davlat tuzilishiga ega bo'lgan mamlakatlarga xosdir. Masalan, shu kabi parlamentlar AQSH, GFR, Braziliya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va boshqalarda faoliyat yurgizmoqdalar. Jamiyat manfaatlarining ifodachisi bo'lmish parlamentlar, aholining turli ijtimoiy qatlamlari guruhlarining vakillaridan tashkil topadilar. Ko'rinib turibdiki, dunyodagi parlamentlar rang-barang, ammo ular o'z mamlakatlarida muhim ijtimoiy vazifa-qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradilar. O'zbekiston Konstitutsiyasining 10-moddasida, davlat hokimiyatining birdan-bir manbai - xalq nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishligi qayd etilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida aytilganidek, davlat hokimiyatining tizimi-qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linish prinsipiga asoslanadi. Unga ko'ra, davlat funksiyalari qonun chiqaruvchi organ-Oliy Majlis, davlat va ijroiya hokimiyati rahbari-O'zbekiston Respublikasining Prezidenti va sud hokimiyati o'rtasida taqsimlanadi. O'zbekiston Oliy Majlisi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.33 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.33 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga