Ommaviy (davlat) mulk huquqi

Ommaviy (davlat) mulk huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Ommaviy (davlat) mulk huquqi - rasmi

Material tavsifi

Ommaviy (davlat) mulk huquqi Reja: 1. Ommaviy (davlat) mulkining turlari 2. Ommaviy (davlat) mulkining zarurati va manbalari 3. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 4. Davlat korxonasining mulki 5. Davlat muassasalarining mol-mulki 6. Davlat ijara korxonasining mol-mulki O'zbekiston Respublikasida ommaviy (davlat) mulkining quyidagi turlari mavjud: a) O'zbekiston Respublikasi mulki quyidagilardir: -davlatga mutlaq mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan mol-mulk: yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo'shlig'i, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar; -davlat hokimiyati va boshqaruvi Respublika organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega bo'lgan madaniy va tarixiy boyliklar, Respublika byudjetining mablag'lari, oltin zahirasi, davlatning valuta fondi va boshqa fondlari Respublika mulkidir, shuningdek boshqa mulkiy komplekslar, o'quv, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, basharti bular byudjet yoki davlatning o'zga mablag'lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan bo'lsa, boshqa mol-mulkni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Respublika Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Hukumati yoki ular maxsus vakil qilgan organlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, tasarruf qiladilar (FKning 214-moddasi). Respublika mulki bo'lgan mol-mulk davlat yuridik shaxslariga xo'jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida birikti-rib qo'yilishi mumkin. Ommaviy (davlat) mulkining zarurati va manbalari O'tgan mavzularda aytganimizdek, davlat mulki mulkning mus-taqil shakli hisoblanadi. Davlat mulki zarurligining obyektiv sabablari quyidagilarda ko'rinadi: - davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini tashkil etish; -huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyatini tashkil etish; - davlat xavfsizligi va mudofaa ehtiyojlari; -ilm-fan va madaniyatni ta'minlash; -kam ta'minlangan aholini ijtimoiy himoya qilish; - tabiiy ofatlarga va favqulodda holatlarga qarshi kurash va uning oqibatlarini bartaraf etish; - ba'zi tarmoqlarda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish (masalan, atom, yonilg'i energiyasi kabi). Davlat mol-mulki quyidagi manbalardan shakllanadi: -soliqlar; -mahalliy yig'imlardan; -ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromaddan; -kreditlar va zayomlardan; -davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan daromadlardan; -natsionalizatsiyadan; -rekvizitsiyadan; -musodaradan; -topilmalardan; -xazinalardan; -egasiz ashyodan; -turli shartnoma (kontrakt)lardan; -xorijiy mamlakatlarda ko'chmas mulk sotib olishdan va hokazo. b) ma'muriy-hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal yoki kommunal mulk). Mazkur mulk tarkibiga mahalliy byudjet mablag'lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo'jalik korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta'limi, madaniyat, sog'liqni saqlash muassasalari va boshqa mol-mulk munitsipal mulk bo'ladi. Munitsipal mol-mulkni qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, davlat hokimiyati mahalliya organlari yoki ular vakil qilgan organlar tasarruf etadilar. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 1991 yil 19 noyabrda bu haqda maxsus qonun qabul qilingan. Mazkur qonunning qabul qilinishiga quyidagilar obyektiv sabablar bo'ldi: 1. Totalitar tuzumda shaxsning mulkdan begonalashuvi oqibatlarini tugatish; 2. Davlat mulkining tarkibiy markazlashuvining haddan ortishi, undan samarali foydalanish, boshqarish va nazorat qilishni ta'minlay olmaganligi; 3. Davlat mulkiga nisbatan tashmachilik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.04 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.04 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga