Ommaviy axborot vositalari va demokratiya

Ommaviy axborot vositalari va demokratiya

O'quvchilarga / Huquq
Ommaviy axborot vositalari va demokratiya - rasmi

Material tavsifi

Ommaviy axborot vositalari va demokratiya Reja: 1. Ommaviy axborot vositalari va demokratiya haqida ma'lumotlar. 2. Ommaviy axborot vositalari globallashuv sharoitida 3. Axborot kurashi - manfaatlar kurashi 4.Matbuot erkinligi va uning mohiyati Ommaviy axborot vositalari nazariyasi Ommaviy axborot vositalari nazariyasi - ijtimoiy informatsiyaning paydo bo'lishi va tarqalishi hamda bu borada asosiy o'rin tutuvchi ommaviy axborot vositalari - gazetalar, jurnallar, radio, teleko'rsatuvlar, axborot agentliklarining ishi, faoliyatini o'rganuvchi fandir. Boshqacha qilib aytganda, mazkur kurs matbuot haqida, uning ilmiy-obyektiv qonuniyatlari haqida bahs yuritadi. Matbuot so'zi arabcha «tabaa» (bosmoq) so'zidan olingan bo'lib, «bosma mahsulot» degan ma'noni bildiradi. Ya'ni, bosma usulda chiqariladigan, ko'paytiriladigan barcha mahsulot matbuotni tashkil etadi. Аna shu matbuotning asosiy qismini vaqtli, to'g'rirog'i davriy matbuot tashkil etadi. Bu ma'lum vaqtlarda, davriy tarzda doimiy chiqib turadigan matbuot nashrlaridir. Matbuot atamasi bilan bir qatorda jurnalistika atamasi ham ishlatiladi. Bu so'z fransuzcha Journal so'zidan olingan bo'lib, kundalik degan ma'noni bildiradi. Jurnalistika atamasi o'z navbatida bir necha ma'noda ishlatiladi: 1) Bosma mahsulotlar, ya'ni matbuot nashrlarining yig'indisi; 2) Matbuot nashrlarini chiqarish, ularga materiallar tayyorlash bilan bog'liq kasb; 3) Matbuotning ichki qonuniyatlarini o'rganuvchi fan sifatida qo'llaniladi. Keyinchalik, vaqtli matbuotning tarkibiga bosma usulda chiqariladigan gazeta va jurnallar bilan bir qatorda uning texnikaga asoslangan yangi turlari - radio, teleko'rsatuvlar kelib qo'shilgach, bularning umumiy majmuasiga ommaviy axborot vositalari deb nom berildi. Ommaviy axborot vositalarining asosini matbuot tashkil etadi, ular matbuot qonuniyatlari asosida ish ko'radilar, shu boisdan bularni qisqacha matbuot deb yuritish mumkin. Matbuot insoniyat jamiyatida doimo muhim o'rin tutib kelgan. Sivilizatsiyalashgan har qanday jamiyatda har qanday ijtimoiy-siyosiy harakat matbuotsiz bo'lib o'tishi mumkin emas. Hozirgi zamon insoniyati hayotini matbuotsiz, gazeta va jurnallarsiz, radio va teleko'rsatuvlarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Inson nonsiz, noz-ne'matlarsiz yashay olmaganidek ma'naviy ozuqa bo'lmish matbuotsiz ham yashay olmaydi. Ommaviy axborot vositalari - gazeta, jurnal, radio, televidenie, axborot agentliklari, internet jurnalistikasi jamiyat yangilanayotgan, hayot yangicha mazmun kasb etayotgan hozirgi paytda erkin so'z, hur fikr va ozod inson taqdiri bilan bog'liq ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarga, insonlar faoliyatining barcha tomonlariga ta'sir ko'rsatuvchi g'oyaviy vosita bo'lib xizmat qilmoqda, hozirjavob minbarga aylanmoqda. Bu mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslari shakllanayotgan ayni davrda, ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda OAV, axborot kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizga shu qadar jadal kirib kelmoqdaki, endilikda ularsiz biror bir sohaning istiqbolini tasavvur qilish qi­yin. Shu bois, dunyoning rivojlangan davlatlari qatorida mamlakatimizda ham Prezidentimiz rahnamoligida mazkur sohani har tomonlama taraqqiy ettirishga eng muhim ustuvor vazifa sifatida e'tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis palatalarining 2010 yil 12 noyabrdagi qo'shma yig'ilishidagi ma'ruzasida mamlakatimizni modernizatsiya qilish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 559.8 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 559.8 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga